Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amxo’rlik qilishi


Download 1.06 Mb.
bet63/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amxo’rlik qilishi.
Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib ular moddiy hisob-kitoblardan holi bo’lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi. Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar va hokazolar o’rtasidagi munosabatlar-avvalo nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog’liq bo’lgan shaxslar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlardir.
Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umum axloqiy tamoyilga va ma’naviy me’yorlar bilan tartibga soli­nadi. Bu esa huquqiy demokratik davlatni muvaffaqiyat bilan qura­yotgan jamiyat a’zolariga xosdir.
5) Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi 2-qismi va Oila kodeksining 4-moddasi 1-qismiga binoan oila, ona­lik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. Insonni dunyoga kelishligi juda katta bahtdir. U muomala layoqatiga to’lib mustaqil ravishda o’z xohishi bilan nikoh munosaba­tiga kirib oilasida bolalar tug’ilsa unga berilgan eng ulug’ nom, un­von bu onalik, otalik va bolalikdir.
Onalik. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida onalikni himoya etishga alohida ahamiyat beriladi. CHunki ayolning asosiy vazifasi insoniyat zanjirini bardavom ettirish, onalik ham jamiyat hayotidagi muhim bir ish bo’lib qoladi. Onalikni boshqa hech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin emas.
Ayol kishi uchun dunyoda onalik baxtidan buyukroq baxt yo’q.
Ona bo’lish, farzand ko’rish, alla aytish ayol uchun baxtdir.
Otalik. Oila huquqining tamoyili bo’lgan «Onalik va bola­likni muhofaza qilinishi» jumlasi yoniga amaldagi Oila kodeksiga «Otalik» degan so’z ham qo’shildi. Bu mustaqillik sharofati tufayli bo’ldi. CHunki to’liq ma’noda «Oilaning, onalik, otalik va bolalik­ning muhofaza qilinishi» bilan belgilanadi.
Xotinni homiladorlik davri bo’lajak ota uchun ham jiddiy si­novdir. Bu davrda er bo’lajak ona va bola to’g’risida g’amxo’rlik qi­lishi, xotinning eson-omon qutulib olishga tayyorlanib borishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratib berishda qo’lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Unga tegishlicha ruhiy-iqtisodiy muhitning yarati­lishi homiladorlikning sog’lom kechishini ta’minlaydi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling