Xolbekov Voyidjonning "Konstitusiyaviy huquq"
Download 34.64 Kb.
|
Xolbekov.V
Bojxona instituti 119-guruh kursanti Xolbekov Voyidjonning “Konstitusiyaviy huquq” fanidan Maqola
Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab etilishiga va qaror topishiga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog‘lom va ahil bo‘lishi mamlakatimizni eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mustahkam oila, sog’lom ona va bola, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish yo’lida bir qancha qonunlar qabul qilinmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov 2016-yilni bejizga “Sog’lom ona va bola yili” deb nomlamagan edi. Shu munosabat bilan 2016 yil 9- fevralda PQ-2487 son buyrug’i bilan “Sog’lom ona va bola yili to’g’risida davlat dasturi” qabul qilindi. Bu qarorga muvofiq onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, chekka tuman va qishloqda yashayotgan aholi punktlarida ayniqsa ayollar bolalarga ijtimoiy, moddiy va maishiy zarur shart sharoitlar yaratish. Chekka qishloqlardagi tibbiy xizmatni jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish.1 Yoshlar, ayollar, qizlar(bo’lajak onalar) orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport obyektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash. Qizlarni(bo’lajak onalar) kelajakda sog‘lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblangan hayotga bo‘lgan mustahkam nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish. Kollej bitiruvchilari bo’lgan qizlarni kasb hunar bilan ta’minlash ularga Imtiyozli kredit berish va bir qancha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda1 Bundan tashqari muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan qabul qilingan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha” harakatlar sytrategiyasining 4- ustuvor yo’nalishi ya’ni Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida onalik va bolalikni muhofaza qilishda quydagi vazifalarni qo’ygan: oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish: xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash2 Bundan tashqari yurtimizda 1998-yil “Oila” ilmiy amaliy markazi faoliyat yuritib kelmoqdi. Ushbu ilmiy markaz shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ishlar olib bormoqda. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmoqlar rivojlantirilmoqda. “Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi poliklinika, homiladorlarni sogʻlomlashtirish muassasalari, "Ona va bola skrining" markazi va perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, "Nikoh va oila" maslahatxonalari, oilaviy va bolalar poliklinikalari, koʻp tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari bilan uz-viy bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi. Ammo qaratilayotgan shuncha etiborga qaramasdan onalar bolalar muhofazasida bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Bu muammolardan bir ijtimoiy tarmoqlarda tez tez uchrab turgan ba’zi onalarning o’z farzandlarini o’ldirishi yoki bo’lmasa uni ayovsiz kaltaklayotgani kuzatilmoqda .Ba’zi nikohsiz tug’ilgan chaqaloqlarni qarovsiz joylarga tashlab ketish , sotib yuborishi hattoki unga suiqasd qilinayotganin sir emas. Buning natijasida bir qancha jinoyatlar sodir bo’lmoqda. Bu mumammoning tub ildizi ma’naviyatsizlikka borib ta’qaladi. Ko’pchilik hollarda bolalarning nigohsiz tog’ilishi yo bo’lmasa kam ta’minlanganlik sabab bo’lmoqda. Bu qilinayotgan ishlar nafaqat qununga qarshi bu ishlar O’zbekiston Respub likasining Konstitutsiyasi va olib borayotgan siyosatiga qarshi harakatrdir. Davlatimizda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi O’zbekiston Respub likasining Konstitutsiyasi va boshqa bir qancha qonun hujjatlarida ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respub likasining Konstitutsiyasining 65- moddasida “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” deyilgan. Bu nafaqat O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga balki dinimizga xam to’g’ri kelmaydi. Onalik va bolalik muhofazasiga zarar yetkazadigan yana bir mummo bu ajrimlar sonini ko’payib ketayotganligi sabab bo’lmoqda. Natijada ko’pchilik farzandlar yetim bo’lib qolmoqda. Ajrimlarga asosiy sabab moddiy yetishmovchilik, erkakning yo ayolning xiyonati yoki oilaviy munosabatlarning yomonligi. Bu muammo yaqin orada paydo bo’lgan narsa emas, yildan yilga yaratilayotgan imtiyozlarga qaramasdan bunday holatlar ko’paymoqda. Bunga yuqorida aytib o’tganimday ma’naviyatsizlik asosiy sabab bo’lmoqda. Eng avvalambor onalarga buning oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini yanada takomillashtirish lozim. Bunda ma’naviy marifiy jihat bilan cheklanib qolmasdan balki qonunchilik doirasida ham tushuntirish ishlari olib borilishi lozim, bu ish qanchalik gunoh va uning uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi muqarrarligini ularga yetkazish yetkazilishi kerak. Kam ta’minlangan oilalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlashni yanada takomillashtirish. Bu o’z navbatida mahallalar zimmasiga yuklatilib aniq vazifalari yanada chjuqurlashtirish kerak. Bular o’z navbatida xotin-qizlar banligini ta’minlash masalasini yana bir marta ko’rib chiqishni talab qiladi. Ajrimlar sonini kamaytirish. Bunda tushuntirish ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish. Oila muqaddasligini chuqur anglab yetishiga ko’maklashish. Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham hozirgi kunda ajrimlar soni ko’payib ketayotganini va bu ajrimlarni oldini olish kerakligi vazifa qilib qo’yilgan. Onalik va bolalik muqaddas bo’lib davlatimizda har tomondan muhofaza qilinishi qonun bilan belgilab qo’yilgan. Ushbu muammolarni hal qilish maqsadida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son farmoni bilan “Jamiyatda ijtimoiy muhitni yaxshiliash, Mahalla institutlarini takomillashtirish hamda oila va xotin qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish” to’g’risidagi farmoni qabul qilindi. Endi xotin-qizlar ijtimoiy qo’llash yanada takomillashtirilib ularni ish bilan ta’minlash hamda mehnat sharoitlarni yaxshilash vazifa qilib qo’yildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishda yangi ustuvor yo’nalishlar belgilandi. Ajrimlar sonini kamaytirishda chet el tajribasini o’rganish vazifa qilib qo’yildi. Xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish. Jamiyatda sog’lom ona va bola ijtimoiy-ma’naviy tizimini yanada takomillashtirish dolzarb vazifa qilib qo’yildi. Bu olib borilayotgan tadbirlar albatta o’z natijasini yaqin kelajakda ko’rsatadi. Zero yurtimizda onalik va bolalik oliy qadryat. 1 Qarang: O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning PQ-2478 sonli qarori 2016 yil 9-fevral. 21 Qarang: O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning PQ-2478 sonli qarori 2016 yil 9-fevral.2 Qarang:Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan qabul qilingan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha” harakatlar sytrategiyasi Download 34.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling