Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
Xalqaro huquq obyektlari
Xalqaro huquq obyektiga har qanday emas, balki muayyan xalqaro munosabatlar kiradi. Xalqaro munosabatlar — bu davlatlar va davlatlar tizimi o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, diplomaik, harbiy va boshqa turdagi aloqalar va munosabatlar majmuidir. Shuningdek, dunyo miqyosidagi asosiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa tashkilotlar, harakatlar o'rtasidagi hamkorliklardan iborat. Xalqaro huquq obyektiga, eng avvalo, suveren davlatlar o'rtasidagi munosabatlar kiradi. Davlatlararo munosabatlar — bu, avvalambor, hokimiyatlararo munosabatlardir. Davlatlar o'rtasidagi mavjud munosabatlar tegishli xalqaro bitimlar bilan tartibga solingandagina xalqaro-huquqiy shaklga ega boiadi. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish BMT Ustavida mustahkamlab qo'yilgan umume'tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari asosida amaiga oshiriladi. Quyidagilar xalqaro-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida namoyon boiadi: birinchidan, hudud (territoriya) va xalqaro yer kengligi; ikkinchidan. xatti-harakatlar; uchinchidan, xatti-harakatlardan tiyilish: htidud xalqaro-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida juda ko'p namoyon boiadi (masalan, tinchlik shartnomalarida). Xatti-harakatiar davlatlar o'rtasidagi turli huquqiy munosabatlar obyekti boiishi mumkin (masalan, o'zaro yordam ko'rsatish to'g'risidagi hujjatlarda, ittifoq shartnomalarida). Muayyan xatti-harakatlardan tiyilish ham xalqaro-huquqiy munosabatlar obyekti hisoblanadi (masalan, neytralilet to'g'risidagi, urush odatlari va qonunlari to'g'risidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda). 4-§. Xalqaro huquq funksiy atari Xalqaro huquqning funksiyalarini ko'rib chiqmay, uning mohiyatini ochib berish mumkin emas. Xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq quyidagi funksiyalarni bajaradi: Muvofiqlashtiruvchi funksiya. Davlatlar xalqaro huquq me'yorlari yordamida xalqaro hamkorlikning turli sohalarida umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarini belgilaydi. Tartibga soluvchi funksiya. Bu davlatlar tomonidan qat'iy qoidalarni belgilashda namoyon bo'ladi. Bularsiz davlatlarning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini tasavvur qilishning imkoni yo'q. Ta'minlash funksiyasi. Bunda xalqaro huquq shunday me'yorlarni o'zida mustahkamlaydiki, bu davlatlarni ko"p yillik aloqalari jarayonida belgilangan ma'lum xulq-atvor qoidalariga rioya qilishga undaydi. Muhofaza funksiyasi. Bu davlatlar milliy manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling