Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


DAVLAT — XALQARO HUQUQNING ASOSIY


Download 1.06 Mb.
bet105/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

DAVLAT — XALQARO HUQUQNING ASOSIY SUBYEKTI
Uzoq vaqt davomida davlatlar xalqaro-huquqiy munosabat-larining yagona subyekti bo'lib kelgan. Hozirgi xalqaro huquq me'yorlari hamon, aksariyat, davlatlar o'rtasidagi, shuningdek, davlatlar bilan xalqaro tashilotlar va xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soladi. Shu bois, davlatlar — xalqaro huquqning asosiy subyektlaridir va xalqaro-huquqiy munosabatlarning asosiy real ishtirokchilaridir, chunki ular doimiy ravishda bir-biri bilan, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan o'zaro munosabatda bo'lishi zarur. Xalqaro maydonda davlat siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida, ayniqsa, uning oliy organi nomidan xalqaro huquq subyekti bo'lib, davlatning rasmiy vakili sifatida chiqadi. Davlatning xalqaro huquq subyekti sifatida xarakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi. Xalqaro huquq subyekti sifatida davlatning birlamchiligi shundaki, ular hech kim tomonidan tashkil qilinmaydi, ular obyektiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, davlatlar o'zlari xalqaro huquqning ikkilamchi (hosilali) subyekti — xalqaro tashkilotlarni tashkil qilishi murnkin.
Birlamchi subyekt sifatida davlatlar universal xalqaro huquq layoqatiga ega. Birlamchilik davlatning xalqaro huquqning asosiy subyekti sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar xalqaro huquq me'yorlarini ishlab chiqadi, ularni buzganlik uchun javobgarlikni, xalqaro-huquqiy tartibotni va xalqaro tashkilotlarning funksi-yalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari o'zlari tomonidan yaratilgan xalqaro huquq tamoyillari va me'yorlaridan boshqa hech nima bilan chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me'yorlarga muvofiq davlatlar xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro hujjatlarda, xususan, BMT Ustavida mustahkamlab qo'yilgan asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Biroq, hanuzgacha bunday huquq va majburiyatlar ro'yxati ishlab chiqilmagan.

Nazorat savollari.


A . Beriladigan savollar :
1.Xalqaro huquqning huquq tizimida tutgan o`rni qanday?
2.Davlat xalqaro huquqning asosiy sub`yekti. Bu fikrni izohlang?
3.Xalqaro huquqning boshqa qanday sub`yektlarini bilasiz?
4.Xalqaro huquqiy vorislik deganda nimani tushunasiz?


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling