Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet82/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

NOTA BENE!


Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmish uchun og‘irroq javobgarlik belgilangan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi

3.Qasd va uning turlari
Jinoyat kodeksida javobgarlik ko‘zda tugilgan ko‘pchilik jinoyatlar qasddan sodir etiladi. Shubhasiz, qasddan sodir etilgan jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir. Shaxs qasddan jinoyat sodir etayotganida uni oldindandan rejalashtiradi, batafsil tayyorgarlik ko‘radi. Shuning uchun qasddan sodir etilgan jinoyatlarga qarshi jinoyat huquqiy choralar yordamida kurashish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buni hisobga olgan holda qonun chiqaruvchi organ tomonidan qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun qattiqroq jazo choralarini belgilagan. Masalan, qasddan odam o‘ldirganlik uchun(97-modda 1-qismi) o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirganlik uchun(102–modda 1-qismi) uchun esa ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Faqatgina qasddan sodir etilgan jinoyatlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sirasiga kiritilgan. Shuningdek,, qasddan jinoyat sodir etish alohida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: bunga shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish; jazodan shartli ozod qilishga nisbatan qattiqroq shartlar qo‘yilganligi va boshqalar kiradi.
Qasddan sodir etilgan jinoyatlarning yana bir xususiyati shundaki, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish hamda jinoyatda ishtirokchilik faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlardagina bo‘ladi.
Jinoyat kodeksi 21-moddasi 1-qismida qasddan sodir etilgan jinoyat tushunchasiga ta’rif berilgan:


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling