Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet83/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

NOTA BENE!


Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Jinoyat kodeksi 21-moddasi 2,3-qismlarida belgilanishicha: “Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi”.
Jinoyat kodeksining 21-moddasi 4-qismida egri qasddan sodir etilgan jinoyatga ta’rif berilgan:

NOTA BENE!


Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.

Qasdning tafakkuriy(intellektual) va irodaviy belgilari mavjud.
Tafakkuriy (intellektual) holat qasdning mazmunini, irodaviy holat esa uning yo‘nalishini belgilaydi. Shuning uchun qasdning mohiyati va yo‘nalishini tafakkuriy, irodaviy holatini to‘g‘ri belgilash, shubhasiz, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga yordam beradi.
Nazorat savollari.
A . Beriladigan savollar :
1.Qanday jinoyatlar qasddan sodir etilgan jinoyatlar deyiladi?
2. Uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlarga qaysilar kiradi?
3.Jinoyat ob`yekti nima?
4.Jinoyat su`byekti nima?

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling