"Tasdiqlayman" O'ibdo' viloyati tumani


Download 0.73 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#222213
1   2   3   4
Bog'liq
Bobur dars ishlanma

IV. Mustahkamlash.







«Ajdodlar merosi»mashqi.

O‘quvchilar Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz yozgan asarlarni ketma-ket aytadilar. Eng ko‘p ma’lumot aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.





Bilimdonlar” o‘yini.



O‘quvchilarga Bobur hayoti va ijodiga oid turli xil savollar beriladi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi.


Impuls – plakat

Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.

Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».

Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.

Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.

Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.




V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.




O’quv-tarbiya bo’yicha

direktor o’rinbosari: ________________
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling