Tasdiqlayman” O’ibdo’: xamdamov g’


Download 181.94 Kb.
bet1/6
Sana24.10.2023
Hajmi181.94 Kb.
#1717993
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 sinf adabiyot fanidan hamid olimjon


TASDIQLAYMAN”
O’IBDO’: XAMDAMOV G’
_______
Guliston olimpiya va paralimpiya sport
turlariga tayyorlash markazining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yaxshiboyeva Mastura Subxonovnaning adabiyot fanidan 5-“A”sinfida o‘tadigan
bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu: Hamid Olimjonning
"Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostoni



2023-2024-o‘quv yili
Nazariy dars rejasi № 1

Sinf:



5-“A”

Dars o‘tiladigan sana:

19.10.2023




O‘quv fanining nomi: Adabiyot
Mavzu nomi: Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: Hamid Olimjonning hayoti va ijodi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, yaxshilik, kamtarlik tuyg‘ularini singdirish, ona Vatanimizga, oilasiga va ota-onasiga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, ertak-dostonlarni tahlil qilish hamda ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, mavzu asosidagi bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. Avvalgi darsda o‘rgangan bilimlari asosida Hamid Olimjonning hayoti va ijodiga oid to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
2. Hamid Olimjon tomonidan yaratilgan adabiy asarlarni bilib oladilar.
3. Hamid Olimjonning adabiyotimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar. Vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida yozilgan ertak-dostonini tahlil qilishni, uni ifodali o‘qishni o‘rganadilar.
4. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni yuzasidan mustaqil fikrlarini bildiradilar va mavzu doirasida turli topshiriqlarni bajaradilar.
5. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonining qahramonlariga tavsif beradilar.

Download 181.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling