2. Elektr sig‘imi.
Agarda qandaydir jismni elektr bilan zaryadlab, keyin unga elektr zaryadi qo‘shilsa, u holda bu jismda elektr miqdori ortib borgan sari, uning elektr potensiali ortib boradi. Har xil kattalikdagi ikki sharnii bir xil miqdordagi elektr bilan har xil potensialda zaryadlash mumkin. Bunday sharlarning potensiallari
bir xil bo‘lishi uchun kichik sharga kam miqdorda, katta sharga esa ko‘p miqdorda elektr berish kerak. Bu har xil sig‘imli idishlarga suyuqlik quyishga o‘xshash,ikkita har xil idishda sathi bir xil bo‘lishi uchun ularga har xil miqdorda suyuqlik quyish kerak. Idishlarning hajmi ularning sig‘imini bildiradi. Jismlarning har xil miqdordagi elektr zaryadlarni yig‘ishi ularning elektr sig‘imi bo‘ladi. Shunday qilib, elektr sig‘im - bu jismlarning potensialini ma‘lum darajagacha oshirganda, uning elektr zaryadlari to‘plash qobiliyatidir. Agarda jismning qanday darajagacha zaryadlangan kuchlanishi va elektr zaryadi miqdori ma‘lum bo‘lsa, u holda jismning sig‘imini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
ILOVA.
Mustahkamlash uchun savollar:
Elektr maydoni va uning xususiyatlari.
Elektr sig‘imi deganda nimani tushunasiz.
Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash.
5-ILOVA
Tezkor savol javob.
Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan (qochadi).
Kondensatorlar qanday ulanadi.(parallel,ketma-ket)
.Elektr toki (zaryadlangan zaryadlarning tartibli harakati).
.Elektr sig‘imi (elektr zaryadlarini to‘plash qobiliyatidir).
.Tok kuchining o‘lchov birligini (Amper).
6-ILOVA.
“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) metodi
Metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo‘llashda o‘quvchilar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashgulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.Guruhlar faoliyati quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin: O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |