«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari


Nazorat qilish dastur vositalari


Download 1.14 Mb.
bet34/62
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1496098
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari

Nazorat qilish dastur vositalari, asosan, test dasturlaridan iborat bo’ladi va ma’lumotlar omboridagi savollardan foydalangan holda yoki tomonidan tuzilgan testlar asosida o’quvchilar bilimini nazorat qilish imkonini beradi.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalariga predmet o’qituvchisi, psixolog, dasturchi, dizayner kabi qator mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kiradi. O’qituvchi ular asosida predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini olib borishi mumkin. Bunday darlarni tashkil qilish o’quvchilarda shaxsiy qobiliyatlarni, ya’ni diqqat, kuzatuvchanlik, mantiq, fikrlash tezligi, xulosa chiqarish qobiliyati kabi qator ijobiy xususiyatlarning rivojlanishiga va dars samaradorligining oshishiga olib keladi.
Bilimlar ombori yoki pedagogik dastur vositalaridan dars yoki darsdan tashqari jarayonlarda foydalanish katta didaktik ahamiyatga ega. Bunday dasturlardan foydalanishning afzallik tomonlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
 o’quvchilarda kerakli texnikaviy ko’nikmalarni hosil qilish vaqti qisqaradi;
 bajartirishga mo’ljallangan topshiriqlar soni va topshiriqni mustaqil bajarish ko’lami ortadi;
 talabaning ishida optimallash tabiiy ravishda hosil qilinadi;
 o’qitishda tabaqalashtirish faollashadi;
Ma’lumotlar omborining uzoqdagi manbalaridan (E-mail, Internet va h.k.) ma’lumot olish va shu asosda dars mazmunini boyitish ta’minlanadi.
Pedagogik dastur vositalarining kamchiliklariga o’quvchilarda nutq madaniyati, grafik va yozish madaniyatini rivojlantirishga yetarli e’tibor berilmasligi misol bo’ladi.
O’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish keng quloch yoymoqda va bu orqaga qaytmaydigan jarayon. Shunday ekan, ta’lim jarayonida pedagogik dastur vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish va mavjud muammolarni tadqiq qilish lozim. Zero, zamonaviy o’qitish texnologiyalarisiz ishda yuqori samaraga erishib bo’lmaydi.


Nazorat savllari





  1. Sun’iy intellekt nima?

  2. Sun’iy intellekt tushunchasi qachon va qayerda paydo bo’lgan?

  3. Tasodifiy izlash uslubi qanday uslub?

  4. Intellektual tizim nima? Uning vazifasini tushuntiring.

  5. Ekspert tizimlarning asosini nima tashkil etadi?

  6. Mantiqiy ifodalar haqida gapirib bering.

  7. Mantiqiy amallar va ularning bajarilishi haqida ma’lumot bering?

  8. Interfeys nima? Uning qanday nomlari mavjud?

  9. Intellektual axborotni izlash tizimlari haqida gapirib bering.

  10. Hisoblash-mantiqiy tizimlar haqida gapirib bering.

  11. Ekspert tizimlar haqida gapirib bering.

  12. Foydalanuvchi interfeysi qanday bosqichlar asosida yaratiladi? Ularning mazmuni haqida gapirib bering.

  13. Pedagogik dastur vositalari nima?

  14. Pedagogik dasturlar vositalari qanday guruhlarga ajratiladi? Ularning vazifalari haqida gapirib bering.

  15. Pedagogik dastur vositalaridan foydalanish qanday afzalliklarga ega?


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling