«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari


Download 1.14 Mb.
bet42/62
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1496098
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
Bog'liq
«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari

Nazorat savollari
1.Kibernetika nima?
2. Boshqarish deganda nimani tushunasiz?
3. Boshqarish nazariyasi elementlarini ayting.
4. Avtomatik boshqarish nima?
5. Axborot nima?

  1. Nima uchun boshqarishni avtomatlashtirish zaruriyati tug’ilgan?

  2. Boshqarishni texnik qurilmalar orqali amalga oshirish uchun nima zarur?

  3. Umumiy boshqarish nazariyasi qachon va nima uchun zarur bo’lib qoldi?

  4. Optimal boshqarish deganda nimani tushunasiz?

  5. Teskari aloqa deganda nima tushuniladi?

  6. Tashqi tutashish nima?

  7. Manfiy va musbat teskari aloqaga izox bering?

Mavzu: Model va modellashtirish.
Model turlari. Matematik modellashtirish
va uning bosqichlari.̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣


Reja

  1. Model va modellashtirish

  2. Kompyutyerda modellashtirish va uning mohiyati.

  3. Matematik model tushunchasi

  4. Matematik modellashtirish

  5. Matematik modellashtirishning bosqichlari



Tayanch iboralar: model, modellashtirish, matematik modellashtirish

Model (lot.modulus-o’lchov, meyyor) -biror ob’yekt yoki ob’yektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.


Masalan, Yerning modeli-globus,osmon va undagi yulduzlar modeli -planyetariy ekrani,pasportdagi sur’atni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatning farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish,tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan.Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o’rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutahassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan hossalarinigina o’rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o’simliklar o’sganligi, iqlim qanday o’zgarganligini o’rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi.Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o’rganishmaydi-bu bilan tarixchilar shug’ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o’rganish natijasida noaniq va to’liq bo’lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga halaqit etmaydi. Ular asosida o’rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to’laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, tajriba o’tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijasining aniqligiga ta’sir etadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling