«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari


Download 1.14 Mb.
bet50/62
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1496098
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Bog'liq
«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari

Matematik modelni tuzish. Ombordan non zavodlariga unni tashishni tashkil etishga qanday omillar ta’sir etishi mumkin? Ular juda ko’p. Lekin bizni faqat unni zavodlarga taqsimlashni qanday amalga oshirish qiziqtiradi (shuning uchun biz haydovchining betob bo’lib qolishi, avtomobilning ishdan chiqishi, yonilg’ining tugashi kabilarni e’tiborga olmaymiz).
Modelni rasmiylashtirish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
X1—bir sutkada 1-ombordan 1-zavodga yetkaziladigan unning miqdori;
X2—bir sutkada 1-ombordan 2-zavodga yetkaziladigan unning miqdori;
X3--bir sutkada 2-ombordan 1-zavodga yetkaziladigan unning miqdori;
X4-- bir sutkada 2-ombordan 2-zavodga yetkaziladigan unning miqdori;
1-ombordan bir sutkada 60t un chiqarish mumkin. Ushbu xususiyatning modeli X1+X2=60 tenglamadan iborat bo’ladi. Xuddi shuningdek, 2-ombor uchun X3+X4=80 tenglamani yozish mumkin.
1-non zavodining to’htovsiz ishini ta’minlash uchun ikkala ombordan keltiriladigan un miqdori zavodning bir sutkada ishlatiladigan un miqdoriga teng bo’lishi kerak, ya’ni
X1+X2=50.
Xuddi shu kabi 2-zavodga mos, X3QX4q90 tenglamani yozish mumkin. Ravshanki, yuqoridagi shartlar bir vaqtda bajarilishi kerak. Demak, quyidagi chiziqli tenglamalar tizimga ega bo’lamiz:
X1+X2=60
X3+X4=80
X1+X3=50
X2+X4=90
Endi tashish uchun zarur harajatlarni baholaymiz. Bir tonna unni tashish narhini bilgan holda, har bir zavod uchun keltiriladigan un miqdorini unga sarflanadigan harajatga mos holda ko’paytirilishi va ular qo’shilishi kerak:
1400X1+2000X2+1200X3+1600X4
Endi masalaga mos matematik modelni quyidagicha tavsiflash mumkin: Agar X1, X2, X3, X4 o’zgaruvchilarga X1+X2=60, X3+X4q80, X1+X3=50, X2+X4=90 chegaralar qo’yilgan bo’lsa, f=1400X1+2000X2+1200X3+1600X4 chizikli funksiya X1, X2, X3, X4 o’zgaruvchilarning qanday qiymatida eng kichik musbat qiymatga ega bo’lishi topilsin.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling