Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo—raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «1025»,...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko’p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo’lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko’pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o’lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo’lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi ob’yektning biografiyasini o’z ichiga olgan matnli fayl yoki ob’yektning fotosuratini ko’rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) ob’yektlar saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |