3.Bosh kalitga qo’yiladigan talablar. Bosh kalit ikkita xossaga ega bo’lishi kerak:
Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o’zgarmasliga lozim.
Ko’p ma’nolikka yo’l qo’ymaslik. Ustundagi birorta belgini o’zgartirish mumkin emas, aks holda bosh kalit o’zgaradi.
«Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Jadvalda talab nomerini ko’rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv bo’lishi mumkin emas, aks holda jadval ma’noga ega bo’lmaydi.
«Xodimlar jadvali» ning bosh kaliti bo’lib F.I.SH. (familiyasi, ismi, sharifi) ustuni xizmat qila oladimi? Yo’q, albatta. Chunki bir tashkilotda bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, bosh kalit sifatida ularning tabel nomerlarini olish o’rinli bo’ladi. Zero, bosh kalit birinchi talabga ko’ra ma’lumotni topish xarakteriga ega bo’lishi lozim. Aksariyat hollarda, universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko’ra farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |