3.
|
VI. Fan o’qitilishidan kutiladigan natijalar (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
- zamonaviy axborot texnologiyalar va raqamli texnologiyalar, operatsion tizimlar, raqamli multimedia, kompyuter tarmoqlari, raqamli xizmatlar, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash, elektron tijorat, elektron raqamli imzoga doir tasavvur va bilimga ega bo’lishi;
- axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, operatsion tizimlar, amaliy dasturlar bilan ishlash texnologiyalar, kompyuter tarmoqlari va ularning turlari, raqamli xizmatlar, elektron hujjat aylanish tizimi, zamonaviy multimedia tizimlari, axborot xavfsizligining tashkiliy va huquqiy asoslari, axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalaridan, elektron tijorat, elektron raqamli imzolardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi;
- axborotga ishlov berish qurilmalari, axborot jarayonlarining apparat va dasturiy ta’minoti, raqamli qurilmalar, operatsion tizimlar, xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlash, amaliy dasturlar bilan ishlash, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish, turli veb saytlar bilan ishlash, elektron hujjat aylanish tizimi, raqamli multimedia tizimlari, elektron tijorat, elektron raqamli imzo imkoniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo’lishi lozim.
|
4.
|
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Ma’ruzalar;
interfaol keys–stadilar;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol–javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |