O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
__________________ R.N.To’rayev “ ______” _____________ 2022 yil
|
RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi: 210 000 – Sotsologiya va psixologiya
Ta’lim yo’nalishi: 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiya)
Termiz – 2022
Fan/modul kodi
RATB206
|
O’quv yili
2022–2023
|
Semestr
3
|
ECTS – Kreditlar
6
|
Fan/modul turi Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
7
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami
yuklama
(soat)
|
Raqamli va axborot texnologiyalari
|
30
|
150
|
180
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – zamonaviy axborot asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, raqamli texnologiyalar, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, raqamli xizmatlar, raqamli multemidia, axborotlarni himoyalash, Microsoft Office paketining dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanining vazifasi:
- informatika, raqamli va axborot texnologiyalar haqida bir butun tasavvur hosil qilish;
- informatika, raqamli va axborot texnologiyalarning har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish;
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarining ochib berish;
- axborot tizimlari va raqamli texnologiyalarni nima maqsadida va qanday qo’llash haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1–mavzu. Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Raqamli va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Axborot tushunchasi, axborot tizimi, axborot texnologiyalari. Raqamli texnologiyalar. Axborotning xossalari, axborotni o’lchash, axborotning semantik, sintaktik va pragmatik o’lchovlari.
2–mavzu. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Raqamli qurilmalar
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi. Kompyuter turlari, super kompyuterlar, server va shaxsiy kompyuterlar. Portativ va mini kompyuter-lar. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi, asosiy qurilmalar. Sistema platasi va mikroprotsessor. Xotira qurilmalari: operativ, doimiy, kesh va video xotira. Qattiq disk, shina va kiritish–chiqarish porti. Monitorlar. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari: printer, skaner, modem. Lazerli kompakt disklar. Audioadapter. Multimedia. Raqamli qurilmalar. Raqamli fotoapparat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |