“Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana16.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1095468
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Bog'liq
Shaxs psixologiyasi UMK

Asosiy xulq-atvor 
Skinner ikki xil xulq-atvorni o‘rganishga e’tibor qaratdi: shartsiz reflektor –
shartli reflektor va operant xulq-atvor. Javob xulq-atvor o‘zida maxsus 
stimullarga javob sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan reflektor xarakterdagi xulq-
atvor sifatida tizza refleksini misol sifatida keltirish mumkin. Impulsislar tatbiq 
etiladi va javob yuzaga keladi. Bu avtomatik tarzda yuz beradi.
Operant xulq-atvor organizm atrofdagi faol ta’sir ko‘satadi va bu faol 
harakat ta’sirida ular mustahkamlanishi yoki inkor etilishi mumkinligini 
ifodalaydi. Skinner bo‘yicha aynan mavjudotlarni moslashuvida egallanuvchi 
ushbu reaksiyalar ixtiyoriy xulq-atvor shakli hisobalanadi. Konkida uchish, 
fortepianoda kuy chalish, xat yozishni o‘rganishning barchasi insonning operant 
harakatlariga misoldir. Organizm uchun ularning oxiri yoqimli bo‘lishi, operant 
reaksiyalarni takrorlash ehtimoli ortadi.
Ekzistentsial 
psixologiyada 
shaxs. An’anaviy hayot mazmuninig 
muammolari falsafaning predmeti hisoblanadi. Faylasuflar odam hayotining 
mazmuni nima va u qanday bo‘lishi kerakligi masalasini yechadilar va h.k. 
Mavjud psixologiya fanlari tizimi doirasida, hozircha qat’iyan hayotiy - 
mazmuniy muammolarga yo‘naltirilgan, aniq ta’riflangan, maxsus intizom yo‘q. 


37 
(bunga o‘xshaganlarning bir qismi biologik sababdan tortib g‘oyaviy sababgacha 
bo‘lgan barcha bosqichlarni ko‘rib chiqadigan ruhlanish (motivatsiya) 
nazariyasini o‘z ichiga oladi). Shuning uchun hayot mazmunining muammosi 
bilan alohida maktab - ekzistensial psixologiya shug‘ullanadi. "Ekzistensiya" 
tushunchasining o‘zi, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “paydo bo‘lish”, “vujudga 
kelish”, “shakllanish” ma’nolarini anglatadi. Bu butun ekzistensializmning 
mohiyatini nafaqat psixologiya va psixoterapiyada, balki falsafa, san’at, adabiyot 
va hokazolarda ham aniq aks ettiradi. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, 
xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‘plami sifatida emas
balki doim bor bo‘lgan va bo‘luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‘ynaydi. 
Psixologiyada ekzistensial yo‘nalish XX asrning birinchi yarmida 
Yevropada ikkita g‘oyaning chegarasida vujudga keldi: bir tomondan bu o‘sha 
paytda odamning holis va ilmiy tahlilining ko‘rsatmasi va deterministik qarashlari 
bilan hukmronlik qilgan ko‘plab psixolog va terapevtlarning qanoatlanmasligi 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu psixologiya va psixiatriyaga katta qiziqish 
uyg‘otgan ekzistensial falsafaning shiddatli rivojidir. Natijada psixologiyada Karl 
Yaspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar tomonidan 
taqdim etilgan yangi – ekzistensial oqim vujudga keldi. Ekzistensializmning 
psixologiyaga ta’siri asl ekzistensializm yo‘nalishining shakllanishi bilan 
chegaralanib qolmadi. Juda ko‘plab psixologik maktablar u yoki bu miqyosda 
mana shu g‘oyalarni o‘ziga singdirdilar.
Ayniqsa, E. Fromm, F. Perls, K. Xorni, S. L. Rubinshteynlarning 
ekzistensial motivlari juda kuchli. Shunday qilib ekzistensial psixologiya 
quyidagilarni o‘rganadi:  
1) o‘lim, hayot va vaqt muammolarini; 
2) tanlash va javobgarlik erkinligi muammolarini; 
3) yolg‘izlik, sevgi va muloqot muammolarini; 
4) mavjudlikning mazmunini qidirish muammolarini. 
Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining 
mazmuni, uni yo‘qotish, o‘zgartirish va erishishning shart-sharoitlari. Viktor 
Frankl, Rollo Mey, Djeyms Byudjental kabi mualliflar tomonidan ekzistensial 
falsafa asosida ishlab chiqilgan umumpsixologik nazariyalar va psixologik 
praktikaning metodologik asoslari bugungi kunda ekzistensial psixologiyaning 
cho‘qqilari hisoblanadi.
V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi. Psixologiyada 
V.Frankl yaratgan ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi odam tabiatiga, 
shaxsning normal rivojining mexanizmlari va patologiya (g‘ayritabiiylik)ga, 
shaxs rivojidagi anomallarni yaxshilash yo‘li va uslubiga bo‘lgan tibbiy, falsafiy 
va psixologik qarashlarning murakkab tizimini o‘z ichigi oladi.


38 
Psixolog Franklning nazariyasi uch asosiy qismga bo‘linadi: mazmunga 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling