Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari


MAVZU: MATNNI KENGAYTIRISH


Download 1.88 Mb.
bet20/20
Sana08.11.2020
Hajmi1.88 Mb.
#142704
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Tasdiqlayman


MAVZU: MATNNI KENGAYTIRISH.
REJA:
1. Kirish so’z va kiritmalar.

2. Gap bo’laklarining uyushib, ajratilib berilishi.

3. Matnni kengaytirishda asosiy fikrni ifodalovchi tayanch so’zlarni ajratish.

4. Qo’shimcha ma’lumotlarni chiqarish yo’llari.


Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.
3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:
Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
1. Nutq uslublari qanday turlarga bo’linadi?

2. Publitsistik uslub qanday munosavatlar uchun xizmat qiladi?

3. Rasmiy uslub qanday holatlarda ishlatiladi?
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

TAYANCH IBORALAR: Frazeologik iboralar, sintaktik parallel, mantiqiy izchilik.
Bilib oling:
Matnni kenganytirish quyidagi yo’l va vositalar bilan amalga oshiriladi:

—matnning bosh fikri, g’oyasini shakllantiruvchi tayanch so’z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog’liq, holda o’z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo’shish;

— matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;

— gapni uyushiq bo’laklar, kiritmalar, ajratilgan bo’laklar hisobiga kengaytirish;

— so’z va birikmalarni ma’nodoshlari — tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa vadiiy tasvir vositalari bilan almashtirish;

— sodda gapni qo’shma gapga, qo’shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;

— asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo’shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog’lab kiritish;

—matnning kirish, xulosa qismlarini oz qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to’ldirish.



1-mashq.

Nuqtalar o’rniga oldingi va keyingi gaplarning mazmuniga mos keluvchi so'z va gaplarni qo’shib matnni to’ldiring. Matnning asosiy mazmunini aniqlab bering.


NAVRO’ZNING YAXSHILIK VA EZGULIK NURI.

Ma'lumki, Navro’z kelishi bilan butun tabiat uyg’onadi ...

Navro’z bizning zamonamizda yangicha mazmun kasb etyapti, Bu vayram quvonchlarini millati, ... irqidan, qat'i nazar, har bir xalq-elat birgalikda vaham korib, tantana qilyapti.

O’zbek xalqi qadimdan vag’ri kenglik, ... va mehmon do’stligi bilan tanilgan. ... Navro’z mehmon do’stlik ayyomiga aylanadi.

... Navro’z shuning uchun ham vaynalminal ayyomga aylangan.

Xalqimiz yaxshi .., bildirganda: «Tinchlik-xotirjamlik bo’lsin, el-yurtimiz omon bo'lsin», deb niyat tilak bildiradi.

Navro’zda inson ulug’lanadi va dillarda ezgu niyatlar tug’iladi...
2-mashq.

O’zingiz o’qigan biror vadiiy asardan yoki gazeta, jurnal maqolasidan muayyan parchani tanlab oling va bu matnning mazmuniy qurilishiga ko’ra asosiy va qo’shimcha qismlarga ajratib tavsiflang.



3-mashq.

Matnlar mazmunini o’z so’zlaringiz bilan kengaytiring.

I. Hech qachon inson o’ziga manfaat keltirmaydigan maqsadsiz biror harakat qilmaydi. U qanday qobiliyatlardan foydalanmasin, fikr va pul vamisoli chiroq, kabi uning yo’lini yoritib, yaxshi yoki yomon, to’g’ri yoki noto’g’ri yo’ldan boshlab ketaveradi... Odamlar aqlu zakovati va fikrlaridagi g’oyalar va obrazlar shunday yashirin kuchdirkim, ular hamma vaqt harakatlarni boshqaradi, o’ziga bo’ysundiradi. Shuning uchun fikrni e'zozlash, uni tog’ri yo’naltirish, shu orqali bilimlarni orttirish va yaxshi xulosalarga o’rgatish nihoyatda muhimdir. (Jon Lokk)
II. Har qanday sharoitda ham odamning kuchli quroli — bu uning aqlu zakovatidir. Olamning cheksiz sirlarini bilish, inson extiyojlarini borliqni o’zgartirish va unga moslashishga bo’ysundirishda aqlga teng keladigan kuch yo’q. O’ylaymanki, inson aqlu zakovatining ijodiy kuchi va ta'siri Quyoshning energetik quvvatigagina teng kelishi mumkin, (Ch. Aytmatov).

4-mashq.

A.Oripovning «Men nechun sevaman O’zbekistonni» she'rini nasriy matnga aylantirib yozing. Matn mazmunini o'z xulosangiz bilan to’ldiring.


5-mashq.

Berilgan matndagi ajratilgan so’zlarni tayanch so’z sifatida izohdang, asosiy fikrni belgilang.



«Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqivati mavjud: shunday ekan, faqat o'z prinsipimni ximoya qilaman deb, bir kun borib ko’pchilikni dog’da qoldirmaylik tag’in?! Axir, mavjud nazariyalar qolipiga tushmaydigan faktlar, ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi?! Chunki shu noma'lum faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi yo’nalishlarga yo’l ochib berish mumkin-ku? Fan tarixida bunday misollar to’lib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida—hazm qilinmagan nazariyaning oqivat-ku!... Men nasixatgo’ylik qilishni o’ylamagandim, ammo o'rni kelib qoldi, Koinot azaldan insonni zulmat bilan o’ragan. Fan esa — odamzot qo’lidagi mangu mash'ala! Zero fan — cheksizlikni o’rganar ekan, ayni paytda o’zining ham had-chegarasi yo’q. Inson bilimi tugamaydi, u avadiy yaratiladi, avadiy harakatda.,. Modomiki, shunday ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga alvatta tosh otishim kerak?! Nima uchun?! Yo’q, aqlimiz bo’lsa, istiqbolimizga chinakam qayg’ursak, bo’g’maylik, Orzu har qanday faktdan ham qudratli! Orzu vamisoli hayot ko’ksidagi mildirab turgan buloq, gurkirab o’suvchi nihol.»

5. Yangi mavzuni mustahkamlash
Bu bosqichda o’qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:
Frontal savollar.
1. Matn kengaytirish qanday vositalar bilan amalga oshiriladi?

2. Qanday hollarda gap bolaklari uyushib,ajratib yoziladi?

3. Matn qisqartirish qanday vositalar bilan amalga oshiriladi?
Dars yakuni:
Oqituvchi otgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi oquvchilar javobini muhokama qilib, oquvchilar bilmini vaholaydi va darsniyakunlaydi.

6. Uvga vazifa:
A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. kasb hunar kollejlari uchun darslik. «Sharq» NMAK 2002 yil.
XIII. O’qituvchi uchun adabiyotlar:

A. Asosiy:

1. A, Raviyev. N. Gulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb - hunar kollejlari uchun darslik «Sharq» NMAK 2002 y.

2. GAbdurahmonov. H.Rustamov. Ona tili 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent «O’qituvchi» 1998yil.

B. Qo’shimcha:
1. G’. Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy oquv yurtlari talavalari uchun qollanma. Toshkent «O’qituvchi» 1981 y.

2. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Yusupov. Hozirgi ozbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3 -bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 2003 y.

I. MAVZU: MATNNI QISQARTIRISH.
II. Dars turi: ‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗‗
III. Dars vaqti: ___ daqiqa.
IV. Dars tipi: Yangi mavzuni ozlashtirish.
V. Darsda qo’llaniladigan usullar:


  • aqliy hujum, muzyorar.


VI. Darsda qo’llaniladigan nazorat turlari:
- ogzaki, yozma.
VII. Dars maqsadlari:
A) Talimiy maqsadi:

Matnni kengaytirish, matnni qisqartirish haqida ma’lumot berish, mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.


B) Tarbiyaviy maqsad:
- milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish

- mutaxassislikka qiziqishni, mas’ulyat hissiyotlarini shakillantirish.

- o’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg’ularini shakillantirish.
C) Rivojlantiruvchi maqsad:
-o’quvchilarni flkrlash qobilyatini o’stirish

- mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’llash.



- o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.
VIII. Darsni o’tkazish joyi: ________________

IX. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.

- Adabiyot

- Til tarixi

X. Kerakli bilimlar doirasi:

1. Kirish so’z va kiritmalarni.

2. Gap bolaklarining uyushib, ajratilib berilishini.

3. Matnni qisqartirishda asosiyfikrni ifodalovchi tayanch sozlarni ajratishini.

4.Qo’shimcha malumotlarni chiqarish yollarini.

XI. Darsni jihozlash:

  1. slayd, kodoskop

  2. ko’rgazmali qurollar

  3. tarqatma test va savollar

  4. adabiyotlar.

DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari

Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa

Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.

Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish

Taqsimlash

qog’ozchalari

2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________ usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.

Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish



_____ daqiqa

O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.

An’anaviy

nazorat usuli

Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.



Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va

bo’r


5

Taqdimot

______ daqiqa

Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa

Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa

Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

DARS BOSQICHLARINING MAZMUNI.
1. Tashkiliy qism:
O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o’quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg’ulotga tayyorganligini tekshirish.

2.Oqituvchining kirish soz:
Bu bosqishda, o’qituvchi o’tiladigan yangi mavzu nomi, dars o’tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: MATNNI QISQARTIRISH.
REJA:
1. Kirish so’z va kiritmalar.

2. Gap bo’laklarining uyushib, ajratilib berilishi.

3. Matnni qisqartirishda asosi yikrni ifodalovchi tayanch so’zlarni ajratish.

4. Qo’shimcha ma’lumotlarni chiqarish yo’llari.


Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishga tayyorlashi kerak.



  1. Oquvchilarning bilimini tekshirish:


Bu bosqichda o’qituvchi mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holda yangi pedogogik texnalogiyalar asosida o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini quyidagi so’rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.
Yakka savollar.
1. Nutq uslublari qanday turlarga bo’linadi?

2. Publitsistik uslub qanday munosavatlar uchun xizmat qiladi?

3. Rasmiy uslub qanday holatlarda ishlatiladi?
4. Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu busqichda o’qituvchi o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

TAYANCHIBORALAR:



Uyushiq va ajratilgan bo’laklar, kiritma va ilova qurilmalar.
Billboling:

Matnni qisqartirish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi;

- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;

- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo’laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish;

- birikmalarni ma'nodosh so’zlarga, sodda yoyiq, gaplarni – yig’iq, gaplarga, qoshma gaplarni sodda gaplarga, ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantirish;

- matnning qo’shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;

- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;

- birikmali sifatdosh, o’xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish,


1-mashq,

Gaplarning asosiy mazmuni saqlagan holda ixchamlashtiring ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz daftaringizga ko’chiring,

1. Uning manfaatlarini, fikr-o’y doiralarini, g’oya va maqsadlarini yaxshi bilamiz, (Zulfiya)

2. Gapni yana cho’zmasin deb unga qarshi hech narsa demadi. (A.K)

3. Menga qara, bir ish buyursam, yo’q demaysanmi (S.A.)

4.Na muattar chamanzorlar, na muhtasham qo’shiqlar, na kumushlangan hovuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar hech nima uni qiziqtirmadi. (O.)

5. Kunduzi bo’lsa, o’zingizdan o’tar gap yo'q, xunukroq ko’rinadi(A.K.)

6. Kim maqtanchoq bo’lsa, u hamisha xijolat tortadi.

7. Ko’z qayerda bo’lsa, mexr ham o’sha yerda bo’ladi. (Maqol)
2-mashq,

Matnni asosiy fikrni saqlagan holda qisqartirib ko’ring, Qanday usullar bilan matnni qisqartirganingizni izohlang,

“Qadimgi Yunonning eng buyuk faylasufi Arastu o’limiga yaqin o’g’lini chaqirib shunday debdi:

- Bolajonim, o'z umrimni ilmu hikmatning sirlaridan voqif bolish yolida sarf qildim, Ilmu hikmat nuri bilan juda ko’p tugunlarni yechdim, ammo yo’limga kelganda chora topolmadim. Senga qiladigan vasiyatim shuki, og1im, mol-davlat orqasida orttirgan izzat-obro’da vaqo yo’q. Izzt-ikrom shon-sharaf ilmda. Ilm orqasida qo’lga kiritilgan shon-sharaf fano va zavolni bilmaydi, davlat va siyosatning o’zgarishi unga ta’sir qilmaydi.

O’g’lim, shohlar sening otangni ilmi tufayli ulug’lashadi, bo’lmasa, otang ham ular qaramog’idagi bir odam edi. Shohlar-tobeligidagi odamlar shohlarga ta’zim qilishadi va sig’inishadi. Obidlar va ma’budlar orasida yer bilan osmondek farq bor.

Otangning ilmi bo’lmaganda uning podshohlar uchun kitob yuklagan eshakdan farqi bolmasdi. Ularga sig’inadigan va xizmatini vajo keltiradigan bir g’ulom bo’lar edi, xolos. Izzat-ehtiromga loyiq bo’lay, nomim avadiy qolsin desang, ilm orttir!”



3-mashq,

Tanlagan kasbingiz, mutaxassisligingizga oid biror matnni (darslik yoki jurnaldan) tanlab oling. Uni ixchmlashitiring va qisqa tarkibiy qismlarga ajratib, har biriga alohida sarlavha qo’ying,



5. Yangi mavzuni mustahkamlash
Bu bosqichda o’qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:
Frontal savollar.
1. Matn kengaytirish qanday vositalar bilan amalga oshiriladi?

2. Qanday hollarda gap bolaklari uyushib,ajratib yoziladi?

3. Matn qisqartirish qanday vositalar bilan amalga oshiriladi?
Dars yakuni:

O’qituvchi o’tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini vaholaydi va darsniyakunlaydi.
6. Uvga vazifa:
A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. kasb hunar kollejlari uchun darslik. «Sharq» NMAK 2002 yil.
XIII. O’qituvchi uchun adabiyotlar:

A. Asosiy:

1. A, Raviyev. N. Gulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb - hunar kollejlari uchun darslik «Sharq» NMAK 2002 y.

2. GAbdurahmonov. H.Rustamov. Ona tili 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent «O’qituvchi» 1998yil.

B. Qo’shimcha:
1. G’. Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy oquv yurtlari talavalari uchun qollanma. Toshkent «O’qituvchi» 1981 y.

2. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Yusupov. Hozirgi ozbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3 -bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 2003 y.
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling