Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor


Maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturining yaratilish tarixidagi asosiy, muhim sanalar


Download 0.98 Mb.
bet6/39
Sana26.10.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1723851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda STEAM texnologoyasi. Ma\'ruza

Maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturining yaratilish tarixidagi asosiy, muhim sanalar


1932-yil - Bolalar bog‘chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog‘chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo‘nalish va mazmun berishga yordam beradi. 1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog‘chasi ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasasidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o‘stirish, kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantirish, savod chiqarish bo‘limlari mavjud edi, biroq unda murakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi.
1938-yil - Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun qo‘llanma nashr etildi. Ushbu qo‘llanmada bolalarni tarbiyalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo‘limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o‘z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish vazifalariga ilmiy asosda yondashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo‘llanmada o‘z aksini topdi. 1953-yil - Bolalar bog‘chasida ta‘limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo‘llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi. 1959-yil - Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko‘rsatishni yaxshilash choralari to‘g‘risidagi 90 qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki “yasli” va “bolalar” bog‘chasini
yagona Maktabgacha ta’lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo‘lgan davrlarda olib boriladigan ta’lim
- tarbiya ishlari yoritib berildi. 1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi “Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o‘tkazish to‘g‘risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog‘chasining vazifalariaqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o‘yin mashg‘ulotlar ro‘yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo‘yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o‘quv faoliyatining boshlang‘ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota - onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi. 1978-1980-yilIar - Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya programmasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi. 1980-1999-yillar - Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya programmasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo‘lgan “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma’naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo‘nalishlari belgilab berildi. 2010-yil - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim Vazirligi tomonidan “Bolajon” tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi. 2018-yil - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Ilk qadam” o‘quv dasturi qabul qilindi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling