Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet13/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

O‘qitish vazifalari:
-jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmlarini va ShJTning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;
-ShJT vositalari va shakllarini o‘rganish;
-ShJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash;
-ShJT bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish;
-shifoxona, poliklinika va ayollar maslahati sharoitlarida ShJTning davolash usullarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganish.
1.2.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar.
Talaba bilishi kerak:
- jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini;
- ShJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni;
- Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini;
- Shifobaxsh jismoniy tarbiyasi davolash usullarini;
- Shifobaxsh jismoniy tarbiya shakllarini;
- Shifobaxshjismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini;
- Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish samaradorligini baholashni.
Talaba malakalarga ega bo‘lishi kerak;
-asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga;
-ShJT harakat tartiboti vazifalarini aniq belgilashga;
-ShJTning vositalarini to‘g‘ri tanlashga;
-ShJT xonasini jihozlashga;
-birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishga.
Talaba quyidagi ko‘nikmalarni ortirishi kerak:
-bemorlarga ShDJTni rejalashni va to‘g‘ri tavsiya qilish;
-bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar oborishni;
-shifokor-pedagogik nazoratini o‘tkazishni;
-mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samaradorligini baholashni;
-reabilitatsiya bosqichida poliklinika va shifoxonada ShJT vazifalarini va harakat tartibotlarini aniqlashni.
1.3.O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
ShJT fani bo‘yicha ta'lim berish vertikal integratsiya bo‘yicha normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo‘yicha fakultativ va gospital terapiya, travmatologiya va ortopediya, fakultativ va gospital jarrohlik, doya-ginekologiya, pediatriya fanlari bilan uzviy bog‘langan.



Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling