1.4.Talabalar bilish kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar minimumi
1. Jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimi.
2. ShJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar.
3.Shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalari va uning turlarini to‘g‘ri tanlash.
4. Shifobaxsh jismoniy tarbiya davolash usullarini to‘g‘ri tanlash.
5. Shifobaxsh jismoniy tarbiya shakllarini to‘g‘ri tanlash.
6.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning harakat tartibotlarini to‘g‘ri tanlash.
7.Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning qo‘llanilish samaradorligini baholash.
8. Bemorlarga ShJTni rejalash va to‘g‘ri tavsiya etish.
9. Bemorlar bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazish.
1.5.Talabalar bilimining nazorati
O‘qitilgan materiallar bo‘yicha talabalarning bilimini va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini baholash butun dars o‘tish vaqtida 2 bosqichda olib boriladi : kunlik joriy nazorat va yakuniy nazorat bo‘yicha reyting ballari qo‘yiladi. Yakuniy nazorat fan tugashi bilan o‘tkaziladi. Talabalar bilimining nazorati va baholanishi har xil ko‘rinishda olib boriladi : og‘zaki so‘rov, vaziyatli masalalarni yechish, o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi testlarga yozma yoki og‘zaki javob, amaliy ko‘nikmalarni bajarish, o‘qitishning yangi texnologiya usullari, har xil kasalliklarni ShJT yordamida davolash uchun gimnastik mashqlar kompleksini tuzish. Bundan tashqari talabalar mustaqil ish topshiradilar va ular kundalik joriy nazoratda baholanadi.
Fan bo‘yicha reyting ballari joriy nazorat va yakuniy nazorat ballarining yig‘indisi fan bo‘yicha qaydnomalarga va talabalarning reyting kitobchalariga qo‘yiladi.
1.6.O‘quv texnologiyalaridan foydalanish
O‘qitish jarayonida darslik va qo‘llanmalardan, internetdan olingan yangi ma'lumotlardan, tarqatma materiallardan (sinamalarni o‘tkazish tartibi, jadvallar, krossvord, baholash usullari), o‘qitishning yangi texnologiya usullaridan (miyaga hujum, kichik guruhlar, grafik organayzerlari tuzish va h.z.), o‘lchov va sinamalarni o‘tkazish uchun zaruriy asboblardan (veloergometr, tonometr, fonendoskop va boshqalar), videofilmlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |