O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Islom bank ishi”
Fanidan amaliy mashg‘ulotlarni (vaziyatli masalalarni yechish shaklida) tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
(Sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun mustaqil ta’lim)
Tuzuvchi: “Moliya-kredit” kafedrasi
Katta o’qituvchisi PhD: ______ A. Vasiyev
TOSHKENT-2022
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 4 kurs sirtqi ta’lim 2 oliy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan. Uslubiy ko‘rsatma fan mavzularini to‘liq qamrab olgan bo’lib, “Islom bank ishi” fanini chuqurroq oʻrganishga yordam beradi.
Uslubiy ko‘rsatma “Islom bank ishi” fanini o‘rganuvchi talabalar bilan bir qatorda ushbu fan bo‘yicha dars mashg’ulotlarini olib boruvchi pedagog-xodimlar uchun ham moʻljallangan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Toshkent moliya instituti O‘quv-uslubiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. (2022 yil “__” ____________dagi № __/__ son qarori).
Taqrizchilar:
D.Saidov - TMI “Moliya” kafedrasi mudiri i.f.n., dots.
-
K.Nabiyev
|
-
|
TMI “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
Amaliy mashg’ulot bo’yicha topshiriqlar shakl va mazmuni
“Islom bank ishi” fani bo’yicha talabaning amaliy mashg’ulot bo’yicha topshiriqlar shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini tinglaydilar, mashq va topshiriqlar bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor o’qituvchi tomonidan berilgan amaliy mashg’ulot bo’yicha muammoli vaziyatli mashq va kyeslarni yechadi. Amaliy mashg’ulot bo’yicha natijalari 5 baholik tizim asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham amaliy mashg’ulotisiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
“Islom bank ishi” fanidan amaliy mashg’ulot topshiriqlari majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Talabaning bajaradigan o’quv uslubiy izlanishi bo‘lib, islom bank ishi fanining biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda talabalar auditoriyada yoki masofaviy ta’limdan foydalangan holda bajaradi. Amaliy mashg’ulotni olib borishning maqsadi, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
“Moliya-kredit” kafedrasi tomonidan o‘qitiladigan “Islom bank ishi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni (vaziyatli masalalarni yechish shaklida) tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma:
Do'stlaringiz bilan baham: |