Islom bank ishi


Mustaqil ta’lim portfoliosi bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlari


Download 260.15 Kb.
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi260.15 Kb.
#1504213
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
1Islom bank ishi Сиртқи Amiliy mashg\'ulot кўрсаимага (1)

Mustaqil ta’lim portfoliosi bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlari

Talaba fan bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda kafedrada sirtqi bo‘lim talabalari mustaqil ta’lim topshiriqlarini qayd etish daftarida qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.


Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni yuqorida belgilangan tartiblarda himoya qiladi. Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ta’lim portfolio 5 ballik tizimda baholanadi va oraliq baho sifatida qayd etiladi. Fan bo‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan bo‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi.



Baho

Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi

5
(a’lo)

talaba islom banki faoliyati bo‘yicha berilgan topshiriqlarni mohiyatini tushunsa va tegishli portfoliolar asosida bajara olsa, aniq xulosalar shakllantirgan bo‘lsa, ijodiy fikrlay olsa, mustaqil mushohada yuritsa, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llay olsa, mustaqil ish bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;

4
(yaxshi)

talaba islom banki faoliyati bo‘yicha berilgan topshiriqlarni mohiyatini tushunsa va tegishli portfoliolar asosida qisman bajara olsa, aniq xulosalar qisman shakllantirgan bo‘lsa, ijodiy fikrlay olsa, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llay olsa, mustaqil ish bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;


Download 260.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling