- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish:kichik guruhlarda, mashg’ulot vaqtida.
Bajarish uchun ajratilgan vaqt:10daqiqa
Berilgan vaziyat.Islom dini rizqni (mol-dunyo va h.k.) halol yo’l bilan topishga buyuradi va bu narsa Islom dininining asosiy beshta ustunidan keyin turuvchi birinchi talabdir.
Harom yo’l bilan pul topishning taqiqlanganligi. Harom yo’l bilan pul topish va birovning molini rozi qilmasdan eyishlik musulmonlarning bir-birlarini aka-ukadek ko’rishlari lozimligi haqidagi tushuncha bilan bog’liq bo’lib, birodaringizning moliga huddi o’zingiznikidek munosabatda bo’lishingizni taqozo etadi. Boshqa bir musulmonning molini himoya qilish, isrof qilmaslik va albatta botil yo’l bilan emoqlikdan saqlanish lozim bo’ladi. Botil yo’l bilan mol topish, birovning haqqini eyish masalasi jamiyatdagi juda katta muammolardan biridir.
Bu muammoning jumladan quyidagi ko’rinishlari mavjud:
1. Aldash (molni aslidan yaxshiroq qilib ko’rsatish yoki arzon narsani qimmat mol sifatida taqdim qilishga urinish);
2. Yomon narsani yaxshisi bilan aralashtirish va ularni yaxshisining narxida sotish;
3. Molning narxida aldash (men bu narsani falon pulga olganman, deb yolg’on da’vo qilish yoki arzon molni qimmat deyish…);
4. Molning kamchiligini yashirish va tarozidan urish;
5. Molning kelib chiqishi, sifat va ishlab chiqarilgan sanasini soxtalashtirish;
6. Peshtaxtaga molning yaxshisini qo’yib boshqasini (yomonrog’ini) sotish;
7. Xaridorning bilimsizligi yoki e’tiborsizligidan foydalanib yomon molni unga o’tkazib yuborish;
8. Sotuvchining molning haqiqiy bahosini bilmasligidan foydalanib uni arzon narxga sotishga undash;
9. Molni narx oshishini kutib, sotmasdan ushlab turish (ehtikor) va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |