O’zbekistonda islom banki tamoyillarini qo’llanilishi va istiqbollari mavzusida keys topshiriq
- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish:individual shaklda, mustaqil ta’limga ajratilgan soatlar hajmida.
Bajarish uchun ajratilgan vaqt:2 kun
Berilgan vaziyat.Mehnat va amallarning mukofoti o’sha ishning murakkablik darajasiga emas, balki uning qanchalik manfaatli ekanligiga bog’liqdir. Biror bir yaxshi ishni amalga oshirish qiyin bo’lishi mumkin, ammo uning yaxshiligi uni amalga oshirish qanchalik qiyinligi bilan belgilanmaydi. Ish murakkab bo’lsa, uning mukofoti ham kattaroq bo’lishi mumkin, lekin bu, qiyinchilik yaxshi amalning maqsadlaridan biri yoki uning ajralmas qismi degani emas.
Tavakkalchilik (risk) biror boylik yoki qo’shimcha qiymat yaratish uchun zarur bo’lsagina o’zini oqlaydi. Tavakkalning o’zi hech qanday ma’noga ega emas. Islom moliyasida tavakkal biror qo’shimcha qiymat keltirsagina ruxsat etiladi, ammo qiymat yaratishga ta’sir etmasa, u taqiqlangan qimor toifasiga o’tadi.
Topshiriq mazmuni:Tavakkal va xatar, qimor va tavakkal, sarmoya va g’arar (mavhumlik, ya’ni axborot muvozanatining buzilishi. Masalan, bitim ishtirokchilaridan biri shartnoma bo’yicha to’liq axborotga ega bo’lmaganligi tufayli katta xatarga ro’baro’ bo’lishi) o’rtasidagi farqlarni ko’rsatib bering.O’zbekistonda islom bank tamoyillarini joriy etishda mazkur xatarlarning mohiyati bo’yicha taqdimotlar tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |