Islom bank ishi


Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitoblari va ichki operatsiyalari mavzusida keys


Download 260.15 Kb.
bet11/22
Sana16.06.2023
Hajmi260.15 Kb.
#1504213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
1Islom bank ishi Сиртқи Amiliy mashg\'ulot кўрсаимага (1)

Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitoblari va ichki operatsiyalari mavzusida keys

Maqsad: olgan bilimlardan amaliy jarayonlarda qo’llash

Keys bilan ishlash bosqichlari



- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish:individual shaklda, mustaqil ta’lim soatlarida.


Bajarish uchun ajratilgan vaqt:1 kun

Berilgan vaziyat.Ko’pchiligimiz qarz paydo bo’lishiga olib boruvchi moliyaviy munosabatlarga kirishganmiz va qarz kelishilgan vaqtda to’lanmagan holatlarni ham ko’rganmiz. Shunday holatlar yuzaga kelganda qanday yo’l tutsak to’g’ri bo’ladi? Bu holatni ortiqcha tafsilotlarsiz ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Birinchidan, ikki xil toifadagi qarzdorlar bo’lishini tushunib olishimiz kerak:
a) qarzini kelishilgan muddat ichida to’lamagan qarzdor, b) nochor holatda bo’lganligi uchun qarzini to’lolmayotgan qarzdor.
Birinchi toifadagi qarzdor – qarzni yopish uchun etarlicha mol-mulki bor yoki qo’shimcha daromad manbaiga ega bo’lgan-u, lekin qarzini o’z vaqtida to’lamagan shaxs. Bunday toifadagi shaxsga nisbatan kelishuv (bitim) shartlariga muvofiq turli choralarni, jumladan garovga qo’yilgan narsadan foydalanishni taqiqlash, yoki uni olib qo’yish kabi choralarni qo’llash lozim.
Ikkinchi toifadagi qarzdor –qaytarish istagi va urinishlariga qaramasdan qarzini qaytara olmayotgan shaxs. Bu holatda unga yordam berish choralarini ko’rish kerak (qarang: Quron 2:280).
Yordam berish choralaridan biri – qarzni qaytarish muddatini uzaytirishdir. Bundan tashqari, garovga qo’yilgan narsalarni darhol talab qilmaslik, ayniqsa agar garovga qo’yilgan narsa qarzdorning mehnat faoliyatiga bevosita aloqador bo’lsa (masalan mehnat quroli).

Download 260.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling