Islom bank ishi


Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitoblari va ichki operatsiyalari mavzusida keys


Download 260.15 Kb.
bet19/22
Sana16.06.2023
Hajmi260.15 Kb.
#1504213
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1Islom bank ishi Сиртқи Amiliy mashg\'ulot кўрсаимага (1)

Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitoblari va ichki operatsiyalari mavzusida keys

Maqsad: olgan bilimlardan amaliy jarayonlarda qo’llash

Keys bilan ishlash bosqichlari



- talabalarni ish matni bilan tanishtirish;
- ishlarni tahlil qilish;
- ish muhokamasini, taqdimotni tashkil etish;
- munozara ishtirokchilarining bahosi;
- munozara natijalarini sarhisob qilish.
Topshiriqni bajarish:individual shaklda, mashg’ulot vaqtida.


Bajarish uchun ajratilgan vaqt:7daqiqa
Berilgan vaziyat.Savdo-sotiq va hamkorlikka oid ba’zi masalalar. Murobaha yoki lizing kabi savdo shartnomalari, hamda mudoraba, mushoraka kabi investitsiya shartnomalari o’rtasidagi asosiy farqlardan biri, ko’rsatilgan oldi-sotdi shartnomalarida sotuvchi shartnoma tuzish vaqtida mahsulot narxini va o’z ustamasini (foydasini) bilishi zarur (bu nasiya savdomi yoki naqdmi farqi yo’q).
Investitsiya shartnomalarida esa tomonlar shartnoma tuzish paytida moliyaviy natija qanday bo’lishini aniq bilishmaydi (hisob kitob asosida taxmin qilishadi xolos). Har qanday moliyaviy natija investitsiya shartnomasi to’liq yakuniga etmagunga qadar vaqtincha (oraliq) natija hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham, investitsiya loyihalariga tikilgan sarmoya saqlanib turgan bo’lsagina hamkorlar foydani taqsimlashi mumkin deyiladi islom huquqshunosligida.
Topshiriq mazmuni:Ikki sherik loyihaga $1000 kiritdi. Birinchi yil $400 zarar ko’rildi. Ikkinchi yil $150 foyda ko’rildi, lekin tomonlar bu $150 ni taqsimlasha olmaydi, chunki o’rtadagi mablag’ (1000-400+150=$750) tikilgan mablag’ga ($1000) etmagan. Uchinchi yil $200 foyda ko’rildi. Foyda yana taqsimlanilmaydi chunki bu holatda ham tikilgan sarmoya hali tiklanmadi(1000-400+150+200=950). To’rtinchi yil $250 foyda ko’rildi. Bu holatda tikilgan sarmoya $200 foyda keltirdi (950+250-1000=$200) va shu $200 tomonlar o’rtasida foyda sifatida taqsimlanishi mumkin.Fiqhda foyda taqsimotining ushbu usuli “tandid al-haqiqiy” deb ataladi.
Yuqorida berilgan masaladan foydalangan holda ushbu “tandid al-haqiqiy” usulni tushuntirib bering.

Download 260.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling