Islom bank ishi
Vasiyev A.S. “Islom bank ishi” fanidan mustqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha Sirtqi bo‘lim
Download 260.15 Kb.
|
1Islom bank ishi Сиртқи Amiliy mashg\'ulot кўрсаимага (1)
Vasiyev A.S. “Islom bank ishi” fanidan mustqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha Sirtqi bo‘lim talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma. – T.: TMI, 2020 y. – __ b.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Sirtqi ta’limning 5230700 – “Bank ishi”, 5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishlarida “Islom bank ishi” fanini o‘rganuvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Uslubiy ko‘rsatma mavzu yuzasidan keyslar, masalalar, savollar va topshiriqlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, “Islom bank ishi” fanini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Uslubiy ko‘rsatma “Islom bank ishi” fanini o‘rganuvchi talabalar bilan bir qatorda ushbu fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog-xodimlar uchun ham mo‘ljallangan. Ushbu uslubiy ko‘rsatma Toshkent moliya instituti O‘quv-uslubiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. (2022 yil “ ” martdagi № son qarori).
KIRISH Oliy ta’limda tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat darajasi ko‘p jihatdan mustaqil ishlarni tashkil etish holatiga bevosita bog‘liq. Chunki barcha fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan mavzular ham bevosita o‘rganilishi shart. Keltirilayotgan jihat sirtqi (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda) ta’limning 5230700 – Bank ishi, 5230800 – “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Islom bank ishi” faniga ham taalluqlidir. Pandemiya sharoitida jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan inqirozli holatlar, ananaviy bank tizimi bilan birga xatarlarni teng taqsimlash asosida faoliyatini amalga oshiradigan islom banklariga bo‘lgan qiziqishni orttirmoqda. Global inqiroz sharoitida mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda islom bankchiligi sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, hamda bugungi kunda bu fanni chuqur o‘rganish iqtisodiy islohotlarga hamohanglikni ta’minlaydi. Shundan kelib chiqqan holda mustaqil ishlashni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biridir. Yuqoridagilar asosida “Islom bank ishi” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda ananaviy banklar bilan birga islom shariati asosida xizmat ko‘rsatadigan, islom banklari faoliyatini o‘rganish maqsadga muvofiq. Bunda barcha talabalar uchun mavzu bir xil bo‘lib, “Islom bank ishini tashkil etishning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, islom banklarini faoliyati tahlili” deb nomlanadi. Mustaqil ta’limni bunday tartibda tashkil etishdan maqsad islom shariati asosida faoliyat yuritadigan, islom banki xizmatlarini taqdim etadigan banklar faoliyati bilan bevosita tanishish, ular faoliyatini tahlil qilish hamda tegishli aniq xulosalar shakllantirishdan iborat. Alohida vazifalar sifatida esa belgilangan rejadagi topshiriqlarni to‘liq bajarish hamda mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlash va himoya qilishni belgilab berish mumkin. Download 260.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling