Moddalarni bevosita qo‘l bilan ushlash va ta’mini totish taqiqlanadi
Download 105.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Q5Hthhp4h7okfuTuXnVIqGaAEIgxW8MXaea2fYol (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Amaliy ish. Mavzu: «Kimyo xonasida jihozlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari bi- lan tanishish» Ishning maqsadi
- NaHCO 3 ) bilan, ishqor bilan zararlangan hollarda esa 2% sirka kislotasi ( CH 3 COOH
- Nazorat savollari
14 1. Moddalarga, idishlarga tegmang, hamda o‘qituvchi ruxsatisiz ishni boshlamang. 2. Moddalarni bevosita qo‘l bilan ushlash va ta’mini totish taqiqlanadi. 3. Moddalarning hidini aniqlashda idishni yuzga yaqinlashtirish mumkin emas, chunki gaz va bug‘ bilan nafas olish nafas yo‘llarini yallig‘lantirishi mumkin. Hidni aniqlash uchun probirkani yuzdan 15- 20 sm masofada ushlab turib, havoni qo‘llar yordamida yengil harakatlar bilan probirka og‘zidan burunga qarab yo‘naltirish kerak. 4. Reaktivlarni quyishda yoki aralashtirishda yuzingizga yaqin tutmang. 5. Qizdirish paytida probirka yoki kolbaning og‘zini o‘zingizdan va yoningizdagilardan teskari tarafga yo‘naltirish kerak. 1-Amaliy ish. Mavzu: «Kimyo xonasida jihozlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari bi- lan tanishish» Ishning maqsadi: Kimyo xonasida ishlashda amal qilinishi kerak bo‘lgan texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rganish. O‘quvchi bu qoidalarni albatta bilishi, har amaliy mashg‘ulotda ularni takrorlashi va bu qoidalarga qat’iy amal qilishi zarur! 6. O‘qituvchining ko‘rsatmasisiz, noma’lum moddalarni aralashtirmang. 7. Tajribalarni bajarishda moddalardan oz miqdorda foydalaning. Moddalarni faqat shpatel yoki qoshiqcha yordamida va ish tavsifida ko‘rsatilgan miqdorda oling; agar bunday ko‘rsatma mavjud bo‘lmasa, moddalar miqdori 1 sm³ dan oshmasligi kerak. 8. Kislota va ishqorlar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlik lozim. Agar tasodifan qo‘lingizga yoki kiyimingizga kislota yoki ishqor to‘kilsa, uni darhol ko‘p miqdorda suv bilan yuvib tashlang. So‘ngra shikastlangan yuzani kislota bilan zararlangan hollarda 2% osh sodasi ( NaHCO 3 ) bilan, ishqor bilan zararlangan hollarda esa 2% sirka kislotasi ( CH 3 COOH) bilan tozalang. Kimyo xonasida ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari. Video va boshqa materiallar 7-sinf 1-Amaliy ish. 15 9. Kislotalarni suv bilan suyultirishda doimo quyidagi qoidani yodda saqlang: kislota suvga oz-ozdan asta-sekinlik bilan quyilishi kerak, aksincha emas. 10. Har doim faqat toza laboratoriya idishlaridan foydalaning. 11. Moddaning ortib qolgan qismini moddalar turgan idishga qayta quymang. 12. Tashqi ko‘rinishidan idishning issiq- sovuqligini bilib bo‘lmaydi. Idishni ushlashdan oldin uning soviganligiga ishonch hosil qiling. Termik kuyish holatida kuygan yuzani (sovuq suv yoki muz bilan) sovutib olish hamda kuyishga qarshi malham yoki aerozol bilan ishlov berish lozim; agar kuyish og‘ir bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozim. 13. Filtr qog‘ozi, paxta, shisha idish siniqlarini rakovinaga tashlamang. 14. Xavfli kimyoviy moddalar (ishqorlar, kislotalar va boshqalar) bilan ishlashdan oldin tajriba rejasiga rioya qiling va albatta, qo‘lqop, ko‘zoynak va xalat kiying. 15. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari bilan ishlashda quyidagi qoidalarga amal qiling: 1. Yong‘in kelib chiqishini oldini olish uchun, spirt lampasini yonib turgan boshqa spirt lampasi bilan yondirmang. 2. Spirtli lampani o‘chirish uchun uni qopqog‘i bilan yopish kerak. 3. Elektr isitgichni tarmoqqa ulashdan oldin, isitgich simining izolatsiyasi butunligini tekshiring. 4. Elektr isitgich tarmoqqa ulanganida isitish sodir bo‘lmasa, o‘qituvchiga xabar bering. 5. Elektr isitgich bilan ishlaganda, spiralning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymang. 6. Ishni tugatgandan so‘ng, elektr isitgichni tarmoqdan uzib qo‘yishni unutmang. Nazorat savollari: 1. Kimyoviy moddalarni ta’mini totib ko‘rish mumkinmi? 2. Moddalarning hidini qanday aniqlash mumkin? 3. Kimyoviy tajribalarni o‘tkazishda modda- lardan qancha miqdorda ishlatish lozim? 4. Qo‘lingizga yoki kiyimingizga yemiruvchi moddalar tushsa, nima qilishingiz kerak? 5. Kislota suv bilan qanday qilib suyultiriladi? 6. Spirtli lampa va elektr isitish moslamalari bilan ishlashda qanday qoidalarga amal qil- ish kerak? 7-sinf 1-Amaliy ish. Download 105.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling