Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R
Download 6.32 Mb.
|
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae
MASALALAR VA MAShQLAR TO‘PLAMI
Masala №1. Bemor DJT xonasiga yuborilgan. Sizning harakatingiz? Javob: Bemorning kasallik tarixi bilan tanishib chiqib, DJTga qarshi ko‘rsatma yo‘qligi aniqlanadi. Bemor uchun harakat tartiboti belgilanadi va vazifalari qo‘yiladi. Belgilangan vazifalarga qarab DJT shakllari va vositalari tanlanadi. Masala №2. Bemor 40 yoshda. Diagnozi: Gipertoniya kasalligi II daraja. Shikoyatlari: Umumiy quvvatsizlik, apatiya. Nafas soni 20 ta/min. Yurak chegaralari normal,tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 80 ta /min. AQB 160/90 mm.sim.ust. Gipertoniya kasallikida DJT qo‘llanishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin? Jismoniy mashqlarni yuqori AQB tushirishida nima yotadi? Bemorga ratsional xarakat tartibotini belgilang. DJT mashg‘ulotida bemorga qaysi maxsus mashqlar tavsiya etiladi va kurs davomiyligi? DJT mashg‘ulotini samaradorligi va hafsizligini baholash usullari qanday bo‘ladi? Javob: Artereal gipertenziyaning og‘ir darajasi (220/110 mm.sm.ust.), gipertonik krizdan keyingi holat yoki AQBining keskin pasayishidan bemor umumiy holatining yomonlashuvi, yurak va yurak qon-tomir yetishmovchiligining og‘ir darjasi, yurak qon-tomir yetishmovchiligining rivojlanishi, paroksizmal va xilpiroq taxikardiyalarining takroriy hurujlari, ekstrasistoliyalar, QRS kompleksi oxirgi qismining manfiy dinamikasi, AV-blokada II-III darajasi, AQBning 90/60 mm.sm.ust dan. past bo‘lishi, qon ketish va tromboemboliya havfi. Jismoniy yuklamalar AQB ni pasaytiruvchi ta'siri asosida qon tomirlar boshqaruvining murakkab mexanizmlari yotadi. Bular: simpato-adrenal tizimi faoligining pasayishi, o‘zgargan baroretseptorlar sezuvchanligining tiklanishi, Renin Angiotenzin tizimi faoliyatining normallashuvi va boshqalar. Natijada gemodinamika yaxshilanadi, yurak zarba hajmining kamayishi yoki qon-tomirlar umumiy qarshiligining kamayishi yoki ikkala ko‘rsatkichning bir vaqtda pasayishi. Gipertoniya kasalligi II bosqichida bemorlarga jismoniy mashqlar gipotenziv dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanishi kerak. Bemorga maxsus mashq sifatida periferik qon tomirlarni kengaytirish maqsadida qo‘l oyoqlarning distal qismlari uchun mashqlar tavsiya etiladi. Bemorlarga og‘ir yuklamali, statik (mushaklarni kuchlantiruvchi), keskin bajariladigan va anaerob mashqlar (nafasni ushlab turish) tavsiya etilmaydi. Chidamlilikka beriladigan yuklamalar DJT mashg‘ulotida yaxshi samara beradi. Maksimal yurak urish sonini 65-85% GK I bosqichida, 40-65% GK II bosqichida bo‘ladi. Mashg‘ulotning davomiyligi 20-30 daqiqa, haftasiga 3-5 ta, mashg‘ulot energetik qiymati o‘rtacha 500 kkal. Jismoniy mashq bajarganda YuUS = (170 – tinch. YuUS): 3x2 + tinch. YuUS DJT mashg‘ulotining samaradorligi va havfsizligini baholash uchun albatda DJT kursidan oldin va keyin EKG qilinadi; AQB, pus har kuni nazorat qilinadi. Qilinishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlar AQBni sutkalik monitorlanishi, ExoKG; umumiy qon va siydik analizi, bioximik qon analizi (qand, qon lipid spektri, kreatinin, kaliy va boshq.). Download 6.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling