«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


MAVZU. MILLIY AKSIOLOGIYA VA UNDAN BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI


Download 1.4 Mb.
bet72/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

7.MAVZU. MILLIY AKSIOLOGIYA VA UNDAN BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI.
REJA:

  1. Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari

  2. Pedagogik aksiologiyaning mazmuni.

  3. Milliy-ma’naviy merosning tarkibiy qismi

Qadriyatlar —inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Bugungi kunda “qadriyat” so‘zini tez-tez qo‘llash oddiy holga aylandi. Qadriyatlar maxsus fan hisoblangan “Aksiologiya” tarkibida o‘rganilmoqda. “Aksiologiya” (yunoncha qadriyat, ta’lim) falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, u qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi.
Qadriyatlar turli-tuman bo‘lib, bular ichida „eng oliy qadriyat—inson“ hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o‘ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi.
Endilikda faqat o‘tmish bilan bog‘liq hodisalarigina emas, balki yangi davr Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, mustaqillik sharoiti va imkoniyatlari asosida shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda.
Olima M.O. Inomovaning talqiniga ko‘ra, - “Qadriyat- bu inson yoki jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan va ular manfaatiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar bo‘lib, ular hayotga qimmatdorlik nuqtai-nazaridan yondoshishga asos bo‘la oladi. Umuman qadriyatlar jamiyat hayotining tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan o‘tmishda, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishi ongiga singib, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy va ma’naviy boyliklardir”
Qadriyatlar o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi, ya’ni:
— tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bulgan tabiiy shart-sharoitlar);
—iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari);
— ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik);
— ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar);
—falsafiy qadriyatlar (g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar);
— badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat); — diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon, savob).
Siyosiy, huquqiy, diniy, turmush va mehnat qadriyatlari,.
Shu bilan birga, fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yig‘indisidan iboratdir.
Umummadaniy qadriyatlar turiga mansub bo‘lgan pedagogik, didaktik, ta’limiy, tarbiyaviy qadriyatlar atamalari pedagogika fanida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Didaktik ta’limiy qadriyatlar atamasi mazmunini yoritib, pedagog olim SH.Mardonov unga shunday t’rif beradi:
“Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak ma’naviy- axloqiy sifatlarni tarbiyalash, uning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga еtishida muhim ijtimoiy pedaogik axamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi obektiv va subektiv omillar majmuidir”.
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qadriyatlarimiz jahon hamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar, ularning tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi sohasi - pedagogik aksiologiya rivojlanib bormoqda. Chunki zamonaviy jamiyat ta’limni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling