«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Download 1.4 Mb.
bet99/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan "Saydana", "Mineralogiya", "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar" kabi asarlarida uchraydi. Olim "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar" asarida Eronning turli tropik o’simliklari va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining almashinuvi bilan bog’liq ravishda o’zgarishini misollar bilan tushuntirgan. Beruniy "Saydana" degan asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir o’simlik, hayvon va minerallarning olinadi. Har bir o’simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. Beruniyning "Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" degan asarlarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma'lumotlar keltiriladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) faqat shoirgina bo’lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi va bog’bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo’lgan. Boburning eng yirik asari "Boburnoma"dir. Unda shoirning ko’rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hayvonoti, o’simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o’ziga keragicha ma'lumot topadi. Asar muhim atamalar va toponomik manbalarga boy. Unda yer, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so’zlari ko’plab topiladi. "Boburnoma"ni o’qigan va o’rgangan har bir kishi uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o’lkashunos olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o’lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, ularning qadriga yetgan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. "Biron safarga chiqishdan oldin yer, suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlar surishtirilar edi", deb yozadi muallif.
Inson o’zining ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyati jarayonida tabiatni behad o’zgartirib yubordi. Fan va texnologiya taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayishi ekologik vaziyatni murakkablashtirmoqda. Shunga ko’ra ekologik muvozanatni barqarorlashtirish asrimizning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Bu esa tabiatga munosabat borasidagi xatolarni atroflicha tahlil qilib, xulosa chiqarishni, shuning bilan birga ekologik ta’lim va tarbiya berishni kuchaytirish zarurligini taqazo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”, 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir ”deyilgan. Ta`lim jarayonida o`quvchilar bilan olib boriladigan ekologik ta`lim- tarbiya tizimi quyidagicha tashkil etiladi.
Ekologik ta’lim deganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya insoning atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Ekologik tarbiya o’quvchilarda atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o’simlik dunyosiga mehr-muhabbat munosabatlarini shakllantiradi. Tabiatga ma’naviy yetuk munosabatni tarbiyalash, tabiatshunoslik, ma’naviy- axloqiy, estetik, ekologik bilimlarga ega bo’lishni taqazo etadi.
Maktab o’quvchilari
- tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan ma’lumotnomasini,
- tabiat boyliklaridan unumli foydalanishni;
- atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, shovqin muammosi;
- tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash, ulardan oqilona va to’g’ri foydalanishni ;
- tabiat qonunlari, uning o’zgarib turishi haqidagi bilimlarni egallash;
- tabiatdagi talofatlar oqibati; sanoat chiqindilarining zarari;
- chiqitsiz texnologiyani keng joriy etish, havo tozaligi;
- o’simliklar, suv boyliklari, tuproq va uni zararlovchi moddalar ;
- o’rmon, cho’l va sahro o’simliklari, hayvonot muhofazasi va boshqa muammolar haqida asosiy tushunchalarga ega bo’lishlari lozim.
Shuning bilan birga Markaziy Osiyo hududidagi ayanchli ekologik nuqtalardan Orol muammosi, Tursunzoda shahridagi alyuminiy zavodi talofatlari haqidagi ekologik bilimlarni o’quvchi-yoshlarga tushuntirish, bu hudud ahvolini qoniqarli qilib hal etish yechimlari to’g’risida ham ma’lumotlar berib borish lozim.
Respublikamizda ekologik ta’lim-tarbiya masalalari maktabgacha ta’lim muassasalari dasturlariga ham kiritilgan. Bu dolzarb masalaning keyingi bosqichlari umumta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o’quv yurtlarida hamda bevosita korxonalarda davom etiriladi. Ekologik tarbiyaning mazmuni quyidagilarni o`zichiga oladi:
- Atrof-muhit holati va inson salomatligi ;
- Tabiiy resurslarni oqilona foydalanish ;
- Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
- Ekologik savodxonlik va madaniyat ;
- Yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashda, xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarini, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlari asosida tashkil etish.
- O’zlari yashab turgan hudud, shahar, qishloq, viloyat, respublika tabiatini o’rganish;
- O’quvchilarni Respublikamaizning Qizil Kitobi, mustahkam muhofazaga muhtoj bo’lgan tabiat ob’yektlari bilan tanishtirish.
- Tabiatni, o’simliklar va hayvonot olamini e’zozlashga va parvarishlashga o’rgatish;
- Xalqaro EKOSAN jamg’armasi va tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi faoliyati, maktab va oila hamkorligi.
O’quvchilarni ekologik jihatdan tarbiyalashda o’quv fanlarini o’qitish bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar orqali izchil olib borish ham maqsadga muvofiqdir. “Jonajon o’lkamiz o’simlik va hayvonot olami “, “Tabiat estetikasi” kabi to’garaklar, “Flora bilimdonlari“, “Tabiat tadqiqotchilari“, singari klublar, “ Tabiatni o’rganuvchilar“, “Yosh o’lkashunoslar “, “ Tabiatni muhofaza qilish “ jamiyati va boshqa qiziqarli guruhlarni tashkil etish mumkin.
O’quvchilar o’z maktabi, yashaydigan muhiti, shahar va qishloq ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt, gul ko’chatlarini ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlarni parvarishlash, xona gullarini o’stirish kabi ijtimoiy foydali ishlarga jalb qilish ekologik jihatdan tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi.
Maktablarimizda bolalarni tabiatga, estetikaga ekologiyaga qiziqtirishda xalq milliy an’analari, qadriyatlarga asoslangan Navro’z bayrami, Hosil bayrami, Gul bayramini o’tkazish, turli ko’rik tanlovlar, ekskursiyalar, tashkil etish, bog’-rog’lar yaratish bo’yicha turli aksiyalar uyushtirish, “ Kamalak “, “ Kamolot “ Yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda tadbirlarga ish olib borish muhimdir.
Sinf tarbiyaviy mashg’ulotlarida “ Inson va atmosfera “, “ Suv-obi hayot “ , “ Fan-texnologiya taraqqiyoti, atrof-muhit va salomatlik” , “ Ekologik muammolar “ mavzularida bahs-munozaralar, davra suhbatlari orqali tabiatga to`g`ri munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yoshlarda ekologik savodxonlik va madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ekologik madaniyat sohibi bo’lish - faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning gullab yashnashi, yanada yaxshilanishiga hissa qo’shish, unga beshafqatlarcha munosabatda bo’lganlarga qarshi kurashmoq ham demakdir.
Hozirgi vaqtda Respublikamiz miqyosida xuddi ana shu yo’nalishda ish olib boradigan “ Ekosan” xalqaro jamoatchilik jamg’armasi tuzilgan. Uning shiori :
“ Tabiatga oqilona munosabatda bo’l! “ Jamg’arma faoliyati doirasida aholining ekologik ongini shakillantirish, ma’rifatini yuksaltirish va tabiatni muhofaza qilish bo’yicha ishlar o’tkazilmoqda.
Tarbiyaviy faoliyat jarayonida O’zbekiston Respublikasining “ Tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish to’g’risida “ gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining qonun talablarining bajarilishi to’g’risidagi qarorlariga tayanish lozim.
O’zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga chiroy, ko’rkiga ko’rk qo’shish odatlari bor. Inson tabiatdagi har bir giyoh, o’t-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni hamda nimaiki kerakli bor narsani zarur deb biladi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so’lim daraxtzorlarni, qoya-g’orlarni, xosiyatli o’t-o’lanlarni, gul-giyohlarni muqaddas bilib asrashga, niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoq osti qilmaslikka alohida e'tibor berib kelganlar.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling