"Hosil bayrami" tadbiri senariysi 1-Boshlovchi


Download 138.12 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi138.12 Kb.
#1800532
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hosil bayrami tadbiri senariysi


"Hosil bayrami" tadbiri senariysi


1-Boshlovchi: -Aziz bolajonlar,hurmatli mehmonlar!Bugun maktabimizda ajoyib bayram Mehrjon-Hosil bayramini nishonlayapmiz.Hammangizni mehnat bayrami bilan tabriklaymiz!
Bolalar: - Rahmat!
1 - Boshlovchi: - O'zbegim so'zin avval
Assalomdan boshlagay
Do'tlarga qilib ta'zim
Ehtiromdan boshlagay.
Ko'ksimdadir qo'llarim
Hamma: - Assalomu - alaykum!
Qo'shiq: O'zbekiston gulzor (Bolalar xor bo'lib ijro etishadi)
1 - Bola: Xush kelibsiz mehmonlar
Davramizga marhabo!
Keldi Mehrjon bayrami
Shodlik bo'lsin doimo!
2 - Bola: Keldi oltin kuz
Mevalar pishdi
Daraxtlar shoxi
Egilib tushdi.

3 - Bola: Oldik ko'p hosil
O'rik,olma,nok
Shakardek asal
Uzum qildi tok.
4 - Bola: Bizning polizda
Qovun,tarvuz ko'p
Yetildi yozda
So'yib yedik xo'p.
Raqs: "Sho'x bola" ( o'g'il bolalar ijrosida )
Muzika sadolari ostida davraga "Kuz" kirib keladi.
Kuz: - Assalomu-alaykum,aziz mehmonlar! Salom, shirintoy bolajonlar!
Hamma: - Assalomu - alaykum!
Kuz: - Men hammangizni qutlug' ayyom,qo'yni-qo'nji liq to'lgan Hosil - Mehrjon bayrami bilan tabriklayman!
Hamma: - Rahmat!
5 - Bola: Salom, senga Mehrjon!
Birgadirsan qadrdon.
Xush kelding davramizga
Barchamiz quvnoq - shodon
1 - Boshlovchi: - Aziz Kuz fasli marhamat mana bu yerga o'tiring.Bolajonlarimiz sizni olqishlab raqsga tushib,qo'shiqlar kuylab beradilar.
2 - Boshlovchi: O'lkamizning husni,
Ochil paxtajon.
Sendan baxtimiz,
Kular har qachon.
Ko'klardan ochsin,
Biz uygan xirmon.
Bizlarga g'amxo'r,
Yurtboshi xar on
Ochil mehr-la,
Terib olaylik
Keng jahon bo'ylab,
Dovruq solaylik

Download 138.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling