"Hosil bayrami" tadbiri senariysi 1-Boshlovchi
Download 138.12 Kb.
|
Hosil bayrami tadbiri senariysi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabzi
- Kartoshka
- 1 - Boshlovchi
- 1 - Quyon
- Vali
1-Boshlovchi: Saxiy kuz dalalar kezib, qirlardan oshib, polizlardan o'tib, bizlarga qanday ne'matlar olib keldingiz?
Kuz: - Men sizlarga poliz ekinlaridan olib keldim, marhamat. Boshlariga sabzi, karam, lavlagi, sholgom, kartoshka, piyoz taqqan bolalar yarim doira bo'lib turadilar. Sabzi: Meni sabzi deydilar Oshga solib yeydilar Har narsaga men oziq, Yer tagida oltin qoziq. Karam: Ko'ylagim qavat-qavat, Tugmalarim yo'q faqat Meni yaxshi ko'rar quyon Yeb qo'yar shu on Lavlagi:Etim semiz moyi yo'q Terim qalin yungi yo'q Sharbati vitaminga boy Terib oling shirintoy Sholg'om: Men quyoshga o'xshayman Polizlarda yashayman Nomim sholg'om bilib qo'y Ovqatga solib yeb to'y Kartoshka: Men kartoshka, kartoshka Masalliqman har bir oshga Menchi, sho'rva joniman Kuch-quvatning koniman Piyoz: Ey o'rtoqjon,o'rtoqjon Men o'zim rohatijon Mensiz ovgat bo'lmaydi, Oshga maza kirmaydi. Hamma sabzavotlar birgalashib raqsga tushadilar.(Sabzavotlar uch qator bo'lib turib oladilar: 1 - Boshlovchi: Bizning polizimizda, Hosilimiz juda ko'p Ammo har kim kirolmas, Qorovuldan o'tolmas. U tartibni sevadi, Har qatorni biladi. Ketmon ko'targan Vali qorovul qo'lini peshonasiga qo'yib,uzoqqa tikiladi va poliz tomon keladi.O'z ekinlarining tagini yumshatadi,tekislab qarab qo'yadi: Vali: - Juda qiyinmening ishim Og'riydi belim,biqinim. Endi ozroq dam olay, Mana bu yerga yotaqolay. (Vali qorovul biroz mizg'igani yotadi ) 2 - Boshlovchi: Hozir Vali banddir juda Ishlaydi u tunu - kunda Uxlab qoldi charchab juda Shu payt Xo'roz paydo bo'lib, ekinzor ichiga kirib ketadi. Xo'roz: - Mana men xo'rozman - xo'roz, Qu - qu - qu Qanday yaxshi polizda, Ovqat bo'lsa yonimda ( Xo'roz tarvuzni olib ketadi,so'ngra g'oz kirib keladi ) G'oz: - Mana men g'oz - g'ozvoy Hech kim yo'qmi hoy - hoy? Qanday yaxshi polizda Ovqat bo'lsa yonimda ( G'oz piyozni olib ketadi,so'ngra echki kirib keladi.) Echki: - Mana men echkijon,echki Me,me,me Qanday yaxshi polizda Ovqat bo'lsa yonimda ( Echki sabzini olib ketadi,shu payt sakrab-sakrab quyon chiqib keladi.) 1 - Quyon: - Kelib qoldi omadim Polizga tushib qoldim Keling shalpang quloqlar Sabzi, karam yeb qoling ( Yana bir quyoncha kelib qoladi ) 2 - Quyon:- O'rtoqjon qaragin,polizda kata-katta sersuv karamlar o'sib yotibdi,kel maza qilib yeymiz.Ular bittadan karamni ushlab raqsga tushadilar,shu payt Vali qorovul uyg'onib qoladi. Vali: - Ha endi qo'lga tushdilaringmi?Endi mendan qochib qutulolmaysizlar.Quyonlar tutqich bermay karamlarni olib qochib ketadilar.Vali jahli chiqib kelib toshga o'tiradi. Vali: - Qani karam,qani tarvuzlar? Piyozlar yo'q,ko'katlar ko'rinmaydi.Sho'rim quridi endi nima qilaman?Polizda hech nima qolmabdi - ku? Xo'roz bilan echki kirib keladi. Xo'roz: - Qu-qu-qu! Xafa bo'lma,azizim Vali.Sen hushyor bo'la olmading.O'z ishingga bo'sh qarading.Endi bunday qilmagin.Biz sening oldinga bayramni birga o'tkazgani keldik. Download 138.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling