Echki: - Ammo sen bilib qo'ygin
Bunday uxlab qolmagin
Qo'riqlashmi istaging?
Postingda hushyor turgin.
Vali: - Ko'p rahmat,unutmayman.Endi sizlar bilan oynayman.
1-Boshlovchi: - Voy qanday yaxshi bo'ldi,kelganlaringiz.Biz bolalar bilan "Hosil" bayramini nishonlayotgan edik.Marhamat mehmonimiz bo'linglar!
She'r "Kuz"
Kuz keldi bizlarga oltin kosada
Sharbat ola keldi,bol ola keldi.
Savat-savat qilib shirin mevalar,
Omborlar liq to'la don ola keldi.
Keng vodiylar bilan,dala bilan bir,
Paxta ola keldi,shon ola keldi.
Raqs: "Uch patir"
Davraga Dehqonbobo kirib keladi.Yelkasida qopi bilan.
Dehqonbobo: - Salom aziz jon bolalar
Tog'da o'sgan gul lolalar
Bayramingiz qutlug' bo'lsin
Nasibangiz to'liq bo'lsin
Hosil bayram yoqar bizga
Bolalar, rahmat sizga
Mevalardan tatib ko'ring,
Bizga rahmat aytib qo'ying,
Mevalarga mehrim berib
Jo'natgayman sizga terib
Darmon bo'lsin,quvvat bo'lsin
Kuchga to'ling ulardan yeb.
1 - Boshlovchi: - Xush kelibsiz Dehqonbobo.Mehmonimiz bo'ling.
2 - Boshlovchi: - Dehqonbobomiz yetishtirgan mevalar o'zlari haqida so'zlab berishmoqchi.Keling aziz mehmonlar ularga quloq beraylikchi,nimalar deyishar ekan.
Non ushlab olgan bola chiqadi:
1 - Bola: - Meni g'alla don deydilar
Pishirsangiz non deydilar
Sizga totli ne'mat bo'lay
Bolalarga quvvat bo'lay
Bug'doy bo'ldim pishdim qarang
Omborlarga sig'dim arang.
2 - Bola: - Olma ko'tarib:
Men olmaman,olmaman
Vitaminga boy olmaman
Meni yegan polvon bo'lur
Tomirlari qonga to'lur.
3 - Bola: - Nok ko'tarib:
Dasturxonning bezagi
Mevalarning keragi
Nok deydilar nomimni
Tatib ko'ring ta'mimni
4 - Bola: - Anor ko'tarib:
Meni anor deydilar
Mazza qilib yeydilar
Yoqut misol har donam,
Xurmo mening dugonam.
Do'stlaringiz bilan baham: |