16. “Pedagogik muloqot shunchaki psixologik, pedagogik yoki komunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy-axloqiy hodisadir”. Ushbu fikr muallifi kim?
a. Munavvar qori.
b. V.A.Suxomlinskiy
s. A.S.Makarenko
d. Ya.A.Komenskiy
17. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tizimini belgilang?
a. Ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan ijodkorlik; o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik asosida olib boriladigan ijodkorlik.
b. O‘z pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan ijodkorlik; o‘qituvchilik qobiliyatini takomillashtiruvchi ijodkorlik.
s. Uzluksiz malakasini oshirib borishni belgilovchi ijodkorlik; axborot texnologiyalarini mukammal egallab borish.
d. Pedagogik muloqot qilish qobiliyatini belgilovchi ijodkorlik; o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy muammolar bilan shug‘ullanishdagi ijodkorligi.
18. Kommunikativ vazifaning funksiyasi qanday belgilanadi?
a. Pedagogik vazifadan kelib chiqib, o‘qituvchi tomonidan tanlanadi.
b. Ishlab chiqaruvchi harakterga ega, murakkab vazifani hal etadi.
s. Komunikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettiradi.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
19. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari qanday amalga oshiriladi?
a. O‘qituvchi tomonidan tanlanib, tarbiya tamoyillariga asoslanadi.
b. O‘qituvchi tomonidan tanlanib, ta’lim va tarbiya kategoriyalari bo‘yicha belgilanadi.
s. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatini namoyon etuvchi funksiya bo‘lib, dars jarayonida amalga oshiriladi.
d. O‘qituvchi tomonidan tanlanib, bevosita muloqot orqali amalga
oshiriladi.
20. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad...
Insonni har tomonlama rivojlanishini va kamol topishini ta’minlash.
Hayot va tabiat birligi bo‘lgan ekologiyani yanada yaxshilash uchun bolalarga ekologik tarbiya berish.
Ilm, fan va madaniyatni yanada rivojlantirish, ta’lim sohasini bosqichma-bosqich isloh qilish.
Dunyoviy madaniy aloqalarni bir-biri bilan uzviy bog‘lash, kadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |