Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi


Fors tilining tarixiy manbalarda tutgan о‘rni


Download 0.5 Mb.
bet12/29
Sana03.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1743301
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org

Fors tilining tarixiy manbalarda tutgan о‘rni
  1. Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan о‘rni.


  2. Forsiy tildagi tarixiy manbalar.


  3. Forsiy tildagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ahamiyati.


  4. Mavzuga oid manba va adabiyotlar rо‘yxati.


  5. Ma’ruza materialini mustahkamlash uchun beriladigan savollar.




Darsning mazmuni: Ushbu darsda vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarning yaratilishida fors tilining tutgan о‘rni u tildagi asosiy manbalar tо‘g‘risida talabalarga tushuncha beriladi.
Asosiy tushunchalar: Forsiy tildagi yozma manbalarga oid atama va tushunchalar ham deyarli arab tilidagilar bilan bir xil ataladi yoki aynan bir tushuncha ikkala tilda ham ishlatiladi.
8.1. Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan о‘rni
Arab xalifaligining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining zaiflashuvi va mahalliy hokimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy hukumat nomigagina Bag‘dodda bо‘lib, uning о‘lkalardagi noiblari deyarli mustaqil davlatlar sifatida faoliyat kо‘rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan sohasiga katta ta’sir о‘tkazdi.
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarida avval oddiy xalq orasida, asta-sekin ldimdar va davlat ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan fors va turkiy tillarining iste’mol etilishi, keyincha arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylanib, ayniqsa she’riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma’lum mavqega ega bо‘lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga kо‘tarilib, bu tilda juda katta hududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi.
Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulug‘bek rahnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba’” (“Tо‘rt ulus tarixi”), Muhammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bog‘i”), Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. Movarounnahrda forsiy va turkiy til doimo yonma-yon iste’mol etilar edi.
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar avval arab tilida yaratilgan bо‘lsa, ayniqsa davlat rahbarlari yoki hokimlar arab bо‘lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy taraqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida о‘rgatilar va X1X oxirigacha, ziyoli oilalarda vrvb tili din va “Quro’ni karim” tili sifatida, she’riyat va boshqa sohalar uchun forsiy va lna turkiy tillari iste’foda etilar edi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling