Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi


Nizomiy nomidagi TDPU “Jahon tarixi” kafedrasi yig‘ilishining 2022 yil ___ avgustidagi 1- sonli majlis bayonnomasidan


Download 0.5 Mb.
bet2/29
Sana03.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1743301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org

Nizomiy nomidagi TDPU “Jahon tarixi” kafedrasi yig‘ilishining 2022 yil ___ avgustidagi 1- sonli majlis bayonnomasidan

K O‘ CH I R M A
Toshkent shahri 2022 yil ­­­­____avgust
K U N T A R T I B I:
5-masala. 2022-2023 o‘quv yili uchun kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha kalendar ish rejalari, baholash mezonlari, fan dasturlari, ishchi fan dasturlari hamda o’quv-uslubiy majmualari, yuklama va ish rejalarini tasdiqlashga tavsiya etish (Mas’ul: t.f.n. O’.Mansurov)

ESHITILDI: Yo.Tayronov 2022 - 2023 o’quv yili uchun kafedrada o’qitiladigan fanlar bo‘yicha kalendar ish rejalari, reyting nazorati mezonlari, fan dasturlari, ishchi fan dasturlari hamda o’quv-uslubiy majmualari muhokamasi boyicha dotsent O’.Mansurov axborotini eshitish va muhokama qilishni ta’kidladi.
Eshitildi: O’.Mansurov kun tartibidagi masala bo’yicha 2022-2023 o’quv yilida kafedrada 5110600 – Tarix ta’lim yo’nalishi uchun tasdiqlangan DTS bo’yicha “Jahon tarixi” kafedrasida “Jahon tarixi”, “Tarixiy geografiya”, “Manbashunoslik Tarixshunoslik”, “Muzeyshunoslik”, “Tarix o’qitish metodikasi”, “Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi”, “Arxivshunoslik”, “Tarix fanlarini o’qitishda zamonaviy ta’lim vositalarini joriy etish”, “Arxeologiya”, magistratura mutaxassisligida “Jahon sivilizatsiyalari tarixi”, “Eng yangi tarixning dolzarb masalalari”, “Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi”, “Tarix ta’limi jarayonida tahlil va pedagogik tadqiqotlar”, “Tarix ta’limiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish: muammo va istiqbollari”, “Tarix ta’limi: tahlil va tadqiqot usullari” fanlarining ma’ruza va amaliyotchi o’qituvchilari tomonidan ishchi o’quv dasturi, o’quv rejalar, o’quv metodik komplekslar tayyorlangan. Ma’ruzachi ushbu UMKlarga ijobiy ichki va tashqi taqrizlar ham olingani, har bir fanning ishchi dasturi va o’quv uslubiy majmualari tayyorlanganligini ma’lum qildi.
So’zga chiqdilar: Muhokama jarayonida kafedra professor-o’qituvchilari t.f.d. prof. E. Nuriddinov, p.f.n. R.Mulladjanova, t.f.n. F.Ismatullayev, t.f.n. G.Taniyeva katta o’qituvchilar X.Jamoldinov, M.Xo’jamovlar o’quv - metodik majmualarni talab darajasida deb topishdi. Shuningdek, 2022-2023 o’quv yili uchun namunaviy fan dasturlari, sillabuslar, ishchi dasturlari, ma’ruza matnlari, kalendar rejalari, reyting ishlanmalari hamda dars jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarning aks etganligi mashg’ulot olib boruvchi professor o’qituvchilarning mashg’ulotlarni sifatli olib borishlari ta’kidlandi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv fanlaridan tayyorlangan o’quv uslubiy majmualar DTS talablariga javob berishi, majmuada ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanilganligi, ushbu majmualar bo’yicha ekspert hulosalari va ijobiy taqrizlar olinib, kafedrada muhokama qilingan va uni nashr etishga qaror qilinganligini aytib o’tdi. Ushbu masala bo’yicha so’zga chiqqan t.f.d. prof. E.Nuriddinov va boshqalar mazkur majmualarni ijobiy baholab, chop etishni tavsiya etdilar.
Yuqoridagi masala bo‘yicha Kengash

QAROR QILADI:
  1. 2022-2023 o‘quv yili uchun kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha kalendar ish rejalari, reyting nazorat mezonlari fan dasturlari, ishchi fan dasturlari, o’quv-uslubiy majmualar, yuklama va ish rejalar tasdiqlashga tavsiya qilinsin.


  2. “Jahon tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan fanlardan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmualar nashrga tavsiya etilsin.


2. Ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlash universitet o‘quv-uslubiy kengashidan so‘ralsin.





Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling