Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 464.52 Kb.
|
2 5463100466667718345
8-mavzu: O‘rta Osiyo hududida dastlabki davlat uyushmalarining vujudga kelishi (2 soat) Reja: Ilk davlatchilikning shakllanish omillari. Qadimgi Baqtriya va So’g’diyonada ibtidoiy jamoalarining izlari. Qadimgi Baqtriya xududida davlatchilikning shakllanishi va uning o‘rganilishi. “Katta Xorazm” va Qadimgi Xorazm davlati tarixining o‘rganilishi. 1-masala
Davlatning tashkil topishi masalasi doimo olimlar o‘rtasida munozara mavzusi bo‘lib kelgan. Uning vujudga kelishi va taraqqiyoti to‘g‘risida tarixchi, jamiyatshunos, siyosatshunos olimlar tomonidan turli nazariyalar ilgari surilgan. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan nazariya davlatning vujudga kelishini sinfiylik jihatdan asoslash bo‘lgan. Lekin uning noto‘g‘ri ekanligini bugungi kun tadqiqotlari isbotlamoqda. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonining asosini birinchi navbatda insonning ehtiyoji, uning o‘z turmush tarzini yaxshilashga bo‘lgan intilishi yotadi. Davlat ham insonlarning unga bo‘lgan ehtiyoji natijasida shaklllangan. O‘z rivojlanish jarayonida turli taraqqiyot bosqichlarini boshdan kechirib, turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Bu har bir xududning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillariga bog‘liq holda yuz bergan. Insoniyat tarixining eng qadimgi davrlarida hayot zaruriyati tufayli to‘da bo‘lib yashagan odamlarda urug‘ jamoalari shakllandi. Urug‘ zamirida qabila vujudga keldi. Qabilalalar zamiridan qabilalari ittifoqi shakllangan. Qabilalar ittifoqining tashkil topishida ham hayotiy zaruriyat yotgan, bu bir tomondan tashqi dushmandan himoyalanish bo‘lsa, ikkinchi tomondan yashayotgan xududini kengaytirish bo‘lgan. Chorvadorlar chorvalari uchun keng yaylovlarni egallashga intilsalar, dehqonlar unumdor, suvga yaqin yerlarni egallashga intilganlar. Xuddi shu jarayonda jamiyatda boshqaruv elementlari – davlatchilik elementlarining vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, ilk shahar-davlatlar yirik daryolar bo‘ylarida shakllangan. Jumladan, Misr Nil, Mesopotomiyadagi ilk davlatlar Dajla va Frot daryolari bo‘ylarida, O‘rta Osiyoda Amudaryo, Sirdaryo, Hindistonda Ganga, Xitoyda Xuanxe daryolari bo‘ylarida shakllagan. Daryo bo‘ylarda dehqonchilik qilish uchun qulay sharoit bo‘lgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, mo‘l hosil olinishi, iqtisodiyotning rivojlanishi, uni himoyalashni ham talab etgan. Bu esa, aholini birlashishiga, birgalikda qarshi kurashish va himoyalanish zaruriyatini tug‘dirgan. O‘z navbatida aholi orasidan aholini birlashtirib, to‘g‘ri yo‘lga sola oladigan oqsoqol ajralib chiqqan. U qandaydir kuchlar natijasidan emas, balki o‘z aqliy qobiyati, tadbirkorligi, mahorati bilan ajralib chiqib, aholini birlashtira olgan, hayotiy muammolarning yechimini to‘g‘ri topgan va aholini orqasidan yetaklay olgan. Uning bu qobiliyatini to‘g‘ri anglagan qabiladoshlari, uni o‘zlarga yetakchi-boshqaruvchi etib tanlaganlar. Chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarda ilk davlatchilik elementlari qabilalar ittifoqida, ya’ni konfederatsiyada namoyon bo‘lgan. Bu to‘g‘risida “Avesto” va boshqa tarixiy manbalarda ma’lumotlarda saqlanib qolgan. Konfederatsiyada chorvadorlar birgalikda chorvalarni, o‘z yerlarini himoya qilganlar va yangi yaylovlarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Chorvadorlar o‘zlarining mohir jangavor qobiliyati, uyushqoqligi va birdamligi bilan ajralib turgan. Davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi navbatda xo‘jalikda sodir bo‘lgan mehnat taqsimotidir. Dehqonchilikning chorvachilikdan ajralishi dehqonlar va chorvadorlar yashaydigan xududlarni belgiladi. Ikkinchi mehnat tahsimoti davlat boshqaruvining markazi – shaharlarning shakllanishiga zamin yaratdi. Hunarmandchilik mahsulotiga bo‘lgan talabning oshishi va ularni ishlab chiqarishning ko‘payishi bozor, savdo, pul munosabalarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida davlat boshqaruvining tartibga solinishi va murakkablashuviga sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq munosabatlari jamoalar o‘rtasida va boshqa qo‘shni xalqlar bilan amalga oshirilgan. Qo‘shni qabilalarning hujumlari davlatning harbiy jihatdan yuksalishiga olib kelgan. Mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mudofaa devorlari qurilgan. Bunday mudofaa devorlarga ega bo‘lgan shaharlar dehqonlarda ham chorvadorlarda ham bo‘lgan. Qadimgi Xorazm xududidan topilgan Ko‘zaliqir yodgorligi (25 g.) – chorvadorlar tomonidan bunyod etilgan. Unga ko‘plab bosqinchilik yurishlari shimol tomondan bo‘lganligi sababli, shimol tomondagi 4 metr qalinlikdagi 3 qator mudoffa devorlarining ichi tuproq bilan to‘ldirilgan. Janubiy O‘zbekiston xududida qadimgi dehqonchilikning ilk markazi Sopollitepa mudofaa devori to‘lg‘ama tuzoq uslubida bunyod etilgan. Misr va Mesopotomiyada mil.avv. IV ming yillikda shahar-davlatlar tarkib topgan. O‘rta Osiyo xududida bronza davrida mil.avv. II ming yillikda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik markazlarda voha-davlatlar shakllangan. Buni ko‘pchilik tadqiqotchilar xududiy davlatlar tushunchasi bilan ham ishlatadilar. Xorazm, Toshkent, Farg‘ona vodiysida ilk davlatlar ilk temir, ya’ni mil.avv. I ming yillikning birinchi choragida shakllangan. O‘rta Osiyo xududi asosan keng cho‘l, voha va vodiylardan iborat. Xududning bunday tabiiy sharoiti bu yerda chorvachilikning keng rivojlanishiga imkon berdi. Mil.avv. VII-III asrlarda ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Ularni greklar skif deb, forslar saklar deb ataganlar. Ularning siyosiy va iqtisodiy hayot tarzi O‘rta Osiyoning dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan aholisi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan22. Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those ofCentral Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasiansteppes, including the Scythians, as the Sak. Keyingi 25-30 yil ichida So’g’diyona va Baqtriya hududlarida ham keng ko’lamda olib borilgan ilmiy qidiruv va izlanishlar tufayli xuddi qadimgi Farg’ona dagidek kechagi chorvador qabilalarning bir qismi daryo havzalarida, tog’ oldi soylarining o’rta oqmi va etaklarida hosil bo’lgan pastqam, suvga yaqin joylarda dehqonchilik qila boshlaganini kuzatamiz. Masalan, Samarqand So’g’dini oladigan bo’lsak bu o’lkada qachonlardir qadimgi Turon yurtining afsonaviy hukmdori Afrosiyob yashagan. Rivoyatlarga qaraganda, Samarqand shahriga asos solgan pahlavon ham xuddi o’sha Afrosiyob edi. Keyingi yillarda mahalliy matbuotda Afrasiyob Turon hukmdori ekan, Turon bu Turkiston, Afrosiyob ham turk, deganqarashlar paydo bo’lmoqda. Bu masala echimi Avestoda o’z aksini topgan.
3-masalaа O‘zbekiston xududida shakllangan ilk davlatlar - Qadimgi Baqtriya podsholigi va “Katta Xorazm” tarixini o‘rganish XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida “Avesto”, yunon va rim yozma manbalaridagi ma’lumotlarni taxlil etish orqali boshlangan. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg‘oniston hududlariga to‘g‘ri keladi. Baqtriya davlatchilik tarixi bo‘yicha XIX asr so‘nggida Yevropa tarixchilari o‘rtasida munozaralar boshlangan. V. Geyger, E. Raysh, T. Noldeke, XX asr boshida J. Prasheklar Baqtriya tarixi bilan shug‘ullanib, Ahamoniylar imperiyasiga qadar ham qandaydir siyosiy birlashmalar bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Ular asosan quyidagi antik davr tarixchilarining yozma manbalariga tayanganlar. Bu voqealarni Ktesiy Knidskiy, Diodor Pompey Trog, Arrian va Ksenofondlar Ktesiy Knidskiy "Baqtriya kuchli va qudratli mamlakat, VIII asrdayoq mustaqil davlat bo‘lgan" deb ta’riflaydi. Ktesiy Knidskiyning asarlari o‘rta asr tarixchisi Fotiyning asarida ilova tariqasida bizgacha yetib kelgan. Diodor o‘z asarida Ossuriya shohi Ninning Baqtriyaga qarshi jang tafsilotlarini yozgan. Asar boshida Ninning Semiramidaga uylanish tafsilotlari tasvirlangan. Diodorning yozishiga qaraganda Nin Baqtriyani mag‘lub etish og‘irligini, aholisining ko‘p sonli ekanligini va jangda mohirligini, qal’alarining ko‘pligini bilgan. Shunga qaramay u ko‘p sonli qo‘shin yig‘adi va birinchi jangda Baqtriya shohi Oksiartdan tog‘ yo‘ldan tekislikka chiqadigan joyda mag‘lubiyatga uchraydi. Nin Baqtriya bilan bo‘ladigan yangi jangga tayyorlanadi. Diodor Baqtriya poytaxti Baqtr shahrini quyidagicha ta’riflaydi, «... Baqtr yirik shaharlardan biri, u go‘zal, egallab bo‘lmas qal’a». Nin Baqtr shahrini uzoq vaqt qamal qiladi. Shahar Semiramidaning ayyorligi natijasida ishg‘ol qilinadi. Baqtrliklar mag‘lubiyatga uchraydi. Baqtriya shohi o‘ldiriladi. Nin Baqtriyaning boyliklarini talaydi. Ammo, voqealar tafsilotlarida, shohlarni ta’riflashda ayrim chalkashliklar bor. Ksenofont o‘z asarida Baqtriya va Ossuriya o‘rtasidagi urush Ossuriya shohi Kiaksar zamonida bo‘lgan deb yozadi. Tadqiqotchilar o‘rtasida Ossuriya bilan O‘rta Osiyo, xususan Baqtriya oralig‘idagi uzoq masofani hisobga olib, yuqoridagi ma’lumotlarni tarix sahifasidan chiqarib tashlash kerak, degan munozaralar ham uchraydi. Ma’lumki, bu masalaga I.M. Dyakonov oydinlik kiritgan. Uning izlanishlari tufayli topilgan Ossuriya ayg‘oqchilarining o‘z shohiga yozgan nomasidagi quyidagi ma’lumotdan so‘ng antik davr tarixchilari ma’lumotlari o‘z kuchini saqlab qoldi: "... lekin, men lazuritni olib ketganimdan so‘ng, mamlakatda bunga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlandi, shundan so‘ng katta harbiy kuch yuborishni iltimos qildim". Ma’lumki, Yaqin Sharqda Baqtriya lazuritlari yuqori baholangan. Shu tariqa tarix faniga Qadimgi Baqtriya shohligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kirib kelgan. Gerodot asarlaridan ham Baqtriyaning Qadimgi Sharq xalqlari orasida o‘z o‘rni bo‘lganligini bilish mumkin. Jumladan, Kirning harbiy yurishlari lozim bo‘lgan mamlakatlar Vaviloniya va Misr qatorida Baqtriya va Saklar ham sanab o‘tiladi. Baqtriyaliklarning qurol-aslahalari va harbiy qo‘shinidagi tartib ham Gerodot e’tiboridan chetda qolmagan. U baqtriyaliklar yaratgan moddiy madaniyat O‘rta Osiyoda yashaydigan boshqa xalqlarga o‘rnak bo‘lganligini aytib, ariylar, xorasmiyaliklar, so‘g‘diylar, gandariyaliklar va dadiklar qurol yasashda baqtriyaliklarga o‘xshatib yasaganligini misol qilib ko‘rsatadi. S.P. Tolstov Diodorning Baqtriya shaharlari, xususan Baqtr shahri to‘g‘risidagi ma’lumotlari, ya’ni shaharning arki, qal’a devorlarining shaharni o‘rab turganligi haqidagi ma’lumoti asosida Ahamoniylar imperiyasiga qadar Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligini tan oladi. Keyingi davrlardagi barcha ilmiy tadqiqotlarda Ahamoniylar bosqiniga qadar Qadimgi Baqtriyada davlatchilik bo‘lganligi qayd etilgan. Shundan so‘ng, Baqtriya hududida bronza davriga oid Sopolli, Dashtli, so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Qadimgi Baqtriya madaniyatlari ochildi. O‘rganilgan ushbu madaniyatlar asosida Ye.E. Kuzmina "Baqtriya uydirma emas, tarixiy haqiqatdir" degan g‘oyani ilgari surdi. Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari Baqtriya hududida ilk davlatchilik tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Qadimgi Baqtriya podsholigi ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar konfederatsiyasidan tashkil topgan. Kofirnihon va Vaxsh dehqonchilik o‘lkalarida bitta hududiy davlatning shakllangan. Qadimgi Baqtriya madaniyati davri yodgorliklariShimoliy Baqtriyaning yettita va Janubiy Baqtriyaning to‘rtta dehqonchilik vohalarida joylashgan. Har bir dehqonchilik voha alohida joylashgan mustaqil iqtisodiy rayon bo‘lib hisoblanadi. Negaki, har bir voha o‘zining tabiiy yoki sun’iy suv bazasiga ega. Har bir dehqonchilik vohasi Qadimgi Baqtriya podshohligi tarkibidagi kichik-kichik siyosiy hududlar bo‘lib hisoblangan.Har bir dehqonchilik voha o‘zining siyosiy markaziga - bosh shahar yodgorligi va uning atrofida uyushgan qishloqlar tipidagi yodgorliklarning jamlanganligidir Yaqinda xalqaro turizmga bag‘ishlab bo‘lib o‘tgan simpoziumda I.A.Karimov o‘zbek davlatchiligi tarixi bundan 3,5 – 4 ming yillik tarixga ega ekanligi ta’qidlangan. Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini birlashtiruvchi Qadimgi So‘g‘d hududida ilk davlatlarning shakllanish tarixi masalasi juda kam o‘rganilgan. Vaholanki, u “Avesta”da Axuramazda bunyod etgan ikkinchi mamlakat sifatida tilga olingan: Gava so‘g‘diylar istiqomat qiladigan yurt. Asosiy daryosi Dardji. I.V. Pyankov "Dardji" daryosini hozirgi Darg‘om bilan bog‘laydi. Boshqa yozma ma’lumotlar asosida ham So‘g‘d davlatchiligi bo‘yicha jo‘yali ma’lumotlarni topishimiz qiyin. Gerodot ma’lumotlariga ko‘ra Ahamoniylar imperiyasining XVI satrapligiga Parfiya, Xorazm, Ariylar bilan birga So‘g‘d ham kirgan. So‘g‘d davlatchiligi tarixida Afrosiyobning alohida o‘rni bor. U juda ko‘plab yozma manbalarda qayd etilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan ilk temir davri So‘g‘d shaharlari voha-davlatlar markazlari rolini bajargan bo‘lsa, Afrosiyob yodgorligi ham o‘zining ilk davrida voha-davlat, so‘ng esa butun So‘g‘d mamlakatining poytaxti vazifasini bajargan. Markaziy So‘g‘d hududlarida ilk shahar va davlatchilikning paydo bo‘lishida Ko‘ktepa yodgorligi alohida o‘rin tutadi23. U Qadimgi Sharq ilk shaharlariga monand ark va shahar qismlardan iborat. Uni boshqarishda zardushtiy otashparastlarining o‘rni katta bo‘lgan. Bu shahar o‘z atroflaridagi hududlarning nafaqat madaniy, balki siyosiy markazi ham hisoblangan Bronza davrida So‘g‘d hududida yashagan jamoalar jamiyat taraqqiyotining qishloq jamoasi darajasida bo‘lgan bo‘lsa, ilk temir davriga kelib (Sangirtepa, Yerqo‘rg‘on, Ko‘ktepa, Afrosiyob yodgorliklari misolida) So‘g‘d hududida ilk davlatchilikning voha tipidagi shahar-davlatlar bosqichlari tarkib topgan. 4-masala Xorazm davlatchiligi tarixi olimlar o‘rtasida qizg‘in munozaralar mavjud. Bu baxslar asosida fanda «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» iboralari paydo bo‘ldi. Ma’lumki, Gerodot o‘zining "Tarix" kitobining uchinchi qismida Ak(es) daryosi va bu daryoga qurilgan to‘g‘on to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotga ko‘ra Akes daryosi Girkaniya, Parfiya, Tamaniya, Drangiana va Xorasmiyaliklar chegarasida joylashgan. Juda ko‘plab tadqiqotchilar Akes daryosini hozirgi Turkmaniston hududidagi Tejen daryosi bilan qiyoslaydilar. S.P. Tolstov esa Akes daryosini hozirgi Xorazm hududida bo‘lgan deb hisoblaydi. Gerodotning shu xabari asosida nemis orientalist olimi I. Markvart «Katta Xorazm» davlati g‘oyasini ishlab chiqqan. Uning g‘oyasiga ko‘ra, ariylarni, marg‘iyonaliklarni hamda Gerodot ta’riflagan Akes daryosi bilan chegaradosh mamlakatlarni xorasmiyaliklar boshqargan. Bu siyosiy birlashma O‘rta Osiyo xalqlari Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgandan so‘ng yemirilib ketgan, degan fikr I. Markvart g‘oyasining asosini tashkil etadi. I. Markvartning «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi Gerodot asarida tilga olingan, O‘rta Osiyoda joylashgan tarixiy va geografik terminlarni lokalizatsiya qilish natijasida tug‘ilgan24. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu g‘oya Sovet tarixchilari uchun manba bo‘lib xizmat qildi25. M.M. Dyakonov esa "Akes daryosidan xorasmiyaliklar, parfiyaliklar, girkanlar, ariylar va boshqa qo‘shni viloyatlar birga foydalanganligi qandaydir qabilalar ittifoqi yoki ilk davlatlar birlashmasi to‘g‘risidagi fikrni beradi" degan g‘oyani ilgari surgan26. V.V. Struve esa Xorazm davlatchiligi to‘g‘risida shunday yozadi: «...yozma manbalar bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, mil.av. VI asrda O‘rta Osiyoda eng kamida ikkita siyosiy birlashma, yana ham aniqrog‘i, davlatlar bo‘lgan. Bular Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm, yuqori oqimidagi Baqtriya davlatlaridir. Ularning madaniy va siyosiy ta’sir doirasi ancha keng bo‘lgan. Xorazm Kopetdog‘ etaklari va Tejen o‘lkasini, mumkinki So‘g‘diyonani ham birlashtirgan bo‘lsa, Baqtriya o‘z hududidan tashqari Murg‘ob o‘lkalarini ham o‘z ichiga olgan»27. Arxeologlar I. Markvart g‘oyasiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydilar. Jumladan, V.M. Massonning fikricha "... arxeologlar shu kungacha Xorazm hududida joylashgan VIII-VII asrlarga, hech bo‘lmasa VI asrga oid yirik yodgorlikni bilishmaydi. Bu shunday xulosani beradiki, Ahamoniylar davrigacha Xorazmda yirik davlat birlashmasi bo‘lganligi arxeologik jihatdan isbotlanmaydi. Olib borilgan uzoq va keng arxeologik dala tadqiqotlari Xorazmda bunday davlat bo‘lganligi to‘g‘risidagi g‘oyani kun tartibidan hozircha chiqaradi"28. I. Markvart g‘oyalarining arxeologik jihatdan tasdiqlanmayotganini ko‘rgan V.B. Xenning va I. Gershevichlar fikrini bir oz o‘zgartirgan holda qo‘llab-quvvatlaydilar. V.B. Xenning I. Markvart kabi ariylarining vatani Aryanem-Vaydjoni Xorazm bilan bog‘laydi. Aryanem-Vaydjoni keng hududda ko‘rishni istaydi hamda Tejen va Murg‘obni ham Xorazm hududiga kiritadi. «Avesta»ning vatani Xorazm emas, balki Tejen va Murg‘obdir deb ta’riflaydi. I. Gershevich esa Ahamoniylargacha bo‘lgan «Katta Xorazm» siyosiy uyushmasini Xorazm hududida emas, balki Tejen va Murg‘obdadir deb ataydi29. U Tejen va Murg‘obdagi o‘troq, rivojlangan dehqonchilik madaniyatining Xorazmdan ancha qadimiyligini o‘z nazariyasining asosi qilib oladi. I.N. Xlopin ham Katta Xorazm davlatining bo‘lganligiga shubha bilan qarab, tarixiy va arxeologik manbalarni qayta ko‘rib chiqdi30. Manbalarga Gekatey ma’lumotlarini ham qo‘shdi31. Ma’lumki, Gekatey ma’lumotlariga ko‘ra, xorazmliklar parfiyaliklardan sharqda istiqomat qilishgan. Shundan kelib chiqib, xorazmliklarning ajdodlari qachonlardir Tejen va Murg‘obda yashagan, keyin shimolga Qoraqum orqali Amudaryo bo‘ylarini o‘zlashtirgan deb o‘ylash mumkin. Xorazmliklarning Tejen va Murg‘obda yashashi va ko‘chishi voqeasi Gekatey asarida, Akes daryosi Gerodot asarlarida ifodalangan. Lekin, bu arxeologik jihatdan isbotlanmaydi, ya’ni ularning ajdodlari Tejen va Murg‘obda yashaganligi va shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi32, degan xato fikrga keladi. Fikrimizcha I.N. Xlopin yozma manbalardan yaxshi foydalangan va ularda ifodalangan tarixiy voqealarni jonlantirib, geografik nomlarni to‘g‘ri joylashtiradi. Ammo, Qadimgi Xorazmliklarning shimolga ko‘chganligini arxeologiya inkor qiladi deb xato xulosa qiladi, negaki, mil.av. VI asrda Amudaryo deltasida Ko‘zaliqir, Qal’aliqir kabi yodgorliklarning paydo bo‘lishi buni isbotlaydi. V.A. Livshis "Istoriya tadjikskogo naroda" asariga yozgan bobida «Katta Xorazm» davlati g‘oyasi to‘g‘risida o‘z fikrini ifodalagan. U ham Gerodotning Akes daryosi to‘g‘risidagi ma’lumotini Tejen-Gerirud deb qabul qiladi. Xorazmliklar mil.av. VII-VI asrlarda keng hududni egallagan va hozirgi Xorazmdan ancha keng joylarni nazorat qilgan degan fikrda asos bor. Gekateyning Xorazmliklar Parfiyadan sharqda joylashgan degan ma’lumotini Xorazmliklar o‘sha yerda ham gegemonlik qilgan deb tushunmoq lozim. Ahamoniylargacha bo‘lgan "Katta Xorazm"da qabilalarning harbiy-demokratik konfederatsiyasi bo‘lgan, davlat birlashmalari paydo bo‘layotgan davr deb baho beradi. Marv va Xirot bu konfederatsiyaning asosiy markazlari bo‘lgan. Xorasmiyaliklar boshchiligidagi konfederatsiyaning Ahamoniylar davrigacha bo‘lgan O‘rta Osiyoning siyosiy tarixida o‘rni katta bo‘lgan33. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba bo‘lgan "Avesta"da Axuramazda barpo qilgan mamlakatlar qatorida, ya’ni Mauru, Baxdi, Nisayya mamlakatlaridan so‘ng Xaroyu (Xorazm) ham tilga olinadi34. Demak, yozma manbalarning tahlili Ahamoniylar imperiyasiga qadar Qadimgi Xorazm davlatchiligi bo‘lganligini tasdiqlaydi. Eslatib o‘tganimizdek, ko‘plab tarixchilar ham shu fikrga kelishgan. Mil.av. VIII-VII asrlarda Qadimgi Xorazm vohasida Amirobod va Quyisoy madaniyatlari tarqalgan. Bu madaniyatlar moddiy manbalarida ham rivojlangan janubiy viloyatlarning ta’siri sezilarli darajada kuzatilgan. Mil.avv. VIII asrlarda Markaziy Osiyo xududlarida ko‘chmanchi qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan. Bunday jarayon Janubiy Rossiya cho‘l xududlarida ham davom etgan. Ularda davlatchilik elementlari mavjudligini asoslovchi dalillar mavjud. Bu asosan Tegesken va Uygarak mozor-qo‘rg‘onlaridagi topilmalar aholi o‘rtasida tabaqalanish mavjud bo‘lganligini isbotlaydi35.Many Greek writers referred to all the nomads of Eurasia, including those ofCentral Asia, as Scythians; and the Persians designated all the nomadic tribes of the Eurasiansteppes, including the Scythians, as the Sakas. Xorazm vohasi misolida qadimgi davlatlarning paydo bo‘lishida irrigatsiyaning o‘rni mavzusidagi B.V. Andrianovning izlanishlari diqqatga sazovor36. Uning asosiy g‘oyasi Xorazmdagi sug‘orish inshootlarining eng gullagan davri, bu yerda davlatchilikning siyosiy markazlashgan davriga to‘g‘ri keladi. Bu kanallarni qazish, tozalash ishlarida ko‘plab qullar mehnatidan foydalanilgan, mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi bilan birga quldorchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli paydo bo‘lgan degan fikrga kelganligidir37. Moskva Etnografiya institutining Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi Orol, Sirdaryo va Amudaryoning quyi qismida, qadimgi quruq o‘zanlar bo‘ylarida arxeologik izlanishlar olib borib Tagisken, Uygurak, Chirikrabod, Quyisoy, Ko‘zaliqir yodgorliklarida ilk ko‘chmanchi sak qabilalarining hayotiga oid manbalarni o‘rgandilar38. Tagisken va Uygurak yodgorliklari moddiy madaniyatida Qozog‘iston hududlari uchun xarakterli bo‘lgan Sak qabilalariga xos manbalar o‘rganilgan39. Mil.av. VII-VI asrlarda Xorazm hududida tarqalgan Quyisoy madaniyati etnik jarayonlarning shakllanishi borasida tarix fani uchun yangi ma’lumotlar berdi40. B.I. Vaynbergning fikriga qaraganda quyisoyliklar Eron tilli chorvador qabilalar bo‘lib, mil.av. VII asrda Eronning shimoliy chegaralarida yashagan va so‘ngroq Xorazmga ko‘chgan41. M.A. Itina bu fikrga qarshi chiqib, janubning ta’sirini inkor qilmagan holda, Quyisoy madaniyati mahalliy xalq madaniyatiga tegishli, degan g‘oyani ilgari suradi42. akademik A.A. Asqarovning Qadimgi Xorazm tarixiga bag‘ishlangan, fanda mavjud bo‘lgan «Qadimgi Xorazm» va «Katta Xorazm» muammolariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi43. Maqolada mavjud yozma va arxeologik manbalar asosida Xorazm tarixining muammoli masalalari bo‘yicha tarixchilar va arxeologlar o‘rtasidagi davom etib kelayotgan munozaralarga oydinlik kiritildi deb hisoblaymiz. Skilak - Gekatey - Gerodot, «Avesta» ma’lumotlari asosida xorasmiyaliklar Baqtriyadan janubda, Areyadan sharqda, Gerirud va Xilmend daryolarining yuqori havzasida, ya’ni hozirgi Xirot vodiysida yashaganligini ishonchli manbalar asosida isbotlab berildi. Ahamoniy shohlarining Xelmend tog‘ daralariga to‘g‘onlar qurganligi, suv evaziga katta bojlar talab qilganligi, bu tayziqlardan qiynalgan xorasmiylarning Xirot vodiysidan hozirgi Xorazm hududiga - massagetlar yurtiga ko‘chishi yozma manbalar asosida, u yerda yuqori rivojlangan dehqonchilik madaniyatiga, Qo‘zaliqir, Qalaliqir kabi ilk shaharlar, qal’alarga asos solinganligi arxeologik manbalar asosida yoritildi. Ilk Xorazm davlati mil avv. 7-6 asrlar oralig‘ida shaklalngan. Bu davrga oid Ko‘zaliqir va Xumbuztepa yodgorliklari topib o‘rganilgan. Bu Xorazm tarixining arxaik davri yoki ko‘zaliqir bosqichi tushunchasi bilan ishlatiladi. Xorazmda ilk davlat katta xududda emas, balki ma’lum sug‘orish sistemalari mavjud xududlarda shakllangan. Xorazmda ham ilk davlat masalalari Ko‘zaliqir yodgorligi joylashgan xududda shakllangan bo‘lishi mumkin. Balki ular bir necha bo‘lgandir. Lekin Gekatey Xoraziylarda faqat Xorasmiya shahri bo‘lganligi yozib qoldirilgan. Arxeolog olimlarning tadqiqotlarda Xorazmning davlatining janubiy chegarasi aniqlangan. Bu o‘rta Amudaryo bo‘yidan, Chorjuy yaqinidan topilgan Odaytepa va Qo‘shqal’a yodgorliklardir. Ular bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa-da, ikki xil madaniyat izlari topilgan. Download 464.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling