Tasdiqlayman” O‘zbekiston Davlat
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Kafedraning vazifalari
Download 26.83 Kb.
|
2 3 4 курслар учун амалиёт шартномаси
Oʻzaro hamkorlik boʻyicha Kafedraning vazifalari
2.1. Kafedraning sohaga oid taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabasini 2-kursdan boshlab Korxona(tashkilot)da malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishini hamda ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish. 2.2. Kafedraning soha mutaxassisligi boʻyicha bitiruvchilarini Korxona(tashkilot)ga ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqish. 2.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxona(tashkilot)ga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda ishtirok etish. 2.4. Korxona(tashkilot)ning ilmiy-texnik rivojlantirish muammolarini Kafedra bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzgan holda amalga oshirish, xoʻjalik shartnomalarini bajarish ishlariga doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talaba yoshlardan iborat tadqiqotchilarni tizimli ravishda jalb qilishni tashkil etish. 2.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan Korxona(tashkilot)ga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishni amalga oshirish. 2.6. Universitetning soha yoʻnalishlariga mos kafedralari qoshida oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ hamkorlik guruhlarini shakllantirish; 2.7. Oʻquv materiallarini Korxona(tashkilot)ning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish; 2.8. Korxona(tashkilot) rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish; 2.9. Talabalarni ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs soʻngida emas, balki mos ravishda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kursda tahsil olayotgan davrda oʻtkazish va barcha turdagi amaliyotlarni Korxonada oʻtashni yoʻlga qoʻyish. Download 26.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling