Tasdiqlayman” O‘zbekiston Davlat
Download 26.83 Kb.
|
2 3 4 курслар учун амалиёт шартномаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN” “ Universal texnologiyalar” direktori R.S.Karimov _______________
- Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha SHARTNOMA №______
- M.R.Boltabayev
Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha SHARTNOMA №______ Tashkent viloyati 2021-yil “____”_____________ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo,karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi (keyingi oʻrinlarda Kafedra) nomidan (bir tomondan) universitet Ustavi asosida rektor M.R.Boltabayev, Universal texnologiyalar (keyingi oʻrinlarda Korxona (tashkilot), ikkinchi tomondan Korxona (tashkilot) Ustavi asosida direktor R.S.Karimov oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma tuzildi. Umumiy qoidalar Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi: 1.1. Kafedra va korxona(tashkilot)ning oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish. 1.2. Korxona(tashkilot)ning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish. 1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda Korxona(tashkilot)ning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish. 1.4. Hamkorlikda Korxona(tashkilot)ni istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish. 1.5. Kafedraning taʼlim yoʻnalishida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash. 1.6. Korxona(tashkilot)ning muammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish. 1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish. 1.8. Korxona(tashkilot)da kafedralar filiallarini ochish. 1.9. Korxona(tashkilot)da talabalar amaliyotini tashkil etish hamda boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish. 1.10. Kafedra oʻqituvchilarining korxona(tashkilot)da amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish. 1.11. Korxona(tashkilot)ning tegishli xodimlari tomonidan kafedra bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish. 1.12. Hamkorlikda korxona(tashkilot)ni istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. 1.13. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish; 1.14. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Kafedra va Korxona(tashkilot) orasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart. Download 26.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling