Tasdiqlayman” O‘zbekiston Davlat


Oʻzaro hamkorlik boʻyicha korxonaning vazifalari


Download 26.83 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi26.83 Kb.
#1126078
1   2   3   4
Bog'liq
2 3 4 курслар учун амалиёт шартномаси

Oʻzaro hamkorlik boʻyicha korxonaning vazifalari

3.1. Kafedraning sohaga mos yoʻnalishlari boʻyicha Korxona(tashkilot)da filiallarini ochishga yordam berish.
3.2. Kafedraning taʼlim yoʻnalishidagi har bir talabaning 2-kursdan boshlab Korxona(tashkilot)da malakaviy amaliyotlarni tizimli ravishda oʻtkazilishiga koʻmaklashish va ixtisoslik fanlarining amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirishni amalga oshirishga sharoit yaratish, sohaga mos taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari boʻyicha bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish.
3.3. Ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida Korxona(tashkilot)ga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari mavzulari bazasini shakllantirishda koʻmaklashish.
3.4. Korxona(tashkilot)ga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Kafedra (Universitet) bilan xoʻjalik shartnomalarini tuzish.
3.5. Kafedra professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va talabalari bilan korxona(tashkilot)ga oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borishga sharoit yaratish.
3.6. Kafedra taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari talabalari uchun, pedagogik jarayonlar va Korxona(tashkilot)ga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha Korxona(tashkilot)ning yetakchi mutaxassislari tomonidan maʼruzalar oʻqishni tashkillashtirish.
3.7. Korxona(tashkilot)ga tegishli ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolari boʻyicha bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalari hamda kurs ishi va loyiha mavzularini shakllantirishda amaliy yordam berish, shart-sharoitlar yaratish.
3.8. Doktorantlar, magistratura talabalarini korxona(tashkilot)ning muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni Korxona(tashkilot)da oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrlarni oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining
10 barobarigacha korxona(tashkilot) hisobidan moddiy ragʻbatlantirish;
3.9. Universitetning sohaga mos taʼlim kafedralari qoshida shakllantiriladigan oliy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovatsion korporativ guruhlarga Korxona(tashkilot)ning yetuk mutaxassislarini biriktirish;
3.10. Kafedra oʻqituvchilarining korxona(tashkilot)da amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga sharoit yaratib berish;
3.11. Korxona(tashkilot)ning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalarga kelgan Kafedra professor-oʻqituvchilari uchun sharoitlar yaratib borish;
3.12. Taʼtillar davrida Kafedra talabalarini korxona(tashkilot)da vaqtinchalik ish bilan taʼminlash;
3.13. Korxona(tashkilot)dagi boʻsh vakant oʻrinlarni malakali bitiruvchilar bilan toʻldirib borish;
3.14. Kafedra oʻquv rejasida belgilangan pedagogik va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish;
3.15. Korxona(tashkilot) rahbari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash;
3.16. Kafedra talabasiga Korxona(tashkilot) masʼul xodimini biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, korxona(tashkilot)da amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish, amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish.


  1. Download 26.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling