«tasdiqlayman» O‘zbekiston milliy universiteti


-o‘quv savoli. Avtomobil texnikasini ta’mirlashgacha va hisobdan chiqarguncha ishlatish normasi (xizmat muddati) – 20 daqiqa


Download 258 Kb.
bet4/6
Sana18.12.2022
Hajmi258 Kb.
#1030235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЭВАТ. Мавзу 2.2 латин

3-o‘quv savoli. Avtomobil texnikasini ta’mirlashgacha va hisobdan chiqarguncha ishlatish normasi (xizmat muddati) – 20 daqiqa.
Avtomobil texnikasini ta’mirlashgacha va hisobdan chiqarguncha ishlatish normasi intensiv fodalaniladigan mashinalar (agar mashina kapital ta’mirgacha 12 yildan oshmagan vaqt ichida belgilangan ishlatish normasini o‘tgan bo‘lsa), avtomobil va traktorlar statsionar va ko‘chma qurilmalari dvigatellari, shinalar va AKB uchun belgilangan.
Belgilangan ishlatish normalari (xizmat muddatlari) minimal hisoblanadi. Ta’mirlashgacha yoki hisobdan chiqarguncha belgilangan ishlatish normalarini (xizmat muddatlarini) ishlatib bo‘lgan mashinalar, shinalar, AKB, statsionar va ko‘chma qurilmalar dvigatellari, avtomobil kuzovi va tentlari o‘zining texnik holati bo‘yicha ekspluatatsiyaga yaroqli bo‘lsa, o‘zining oxirgi holatigacha (eyilishigacha) kelgusida fodalanishga yaroqli hisoblanadi.
Avtomobil texnikasi ekspluatatsiyasi uchun javobgar mansabdor shaxslar mashinalar, shinalar va AKBlarning belgilangan normalari (xizmatmuddatlari) to‘liq ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llashga majbur.
Foydalanishda uzoq muddatli tanaffuslar yoki chegaralangan motoresurs sarfi bilan ekspluatatsiya amalga oshirilgan avtomobil texniklari va qurol-aslaha ko‘chma vositalarini hisobdan chiqarishgacha xizmat muddati avtomobil texnikalari uchun 18 yil, zanjirli mashinalar va maxsus g‘ildirakli shassi va tyagachlar uchun 20 yil qilib belgilangan.
Turli modifikatsiyadagi mashinalarga kapital ta’mirgacha va hisobdan chiqarguncha bo‘lgan ishlashi normalar bo‘yicha aniqlanadi.
Avtomobilllar, avtobuslar, maxsus bazali shassi va tyagachlar, qoidaga ko‘ra, 1 marta kapital ta’mirdan o‘tkaziladi. qo‘shimcha kapital ta’mirdan o‘tkazish O‘R MV ta’minlovchi boshqarma boshlig‘i ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Engil avtomobillar va avtobusllarni 8 yil xizmat muddati bilan kapital ta’mirlashga jo‘natishga ruxsat etiladi, agar kuzovi kelgusida ekspluatatsiyaga yaroqsiz bo‘lsa, ishlashidan qat’iy nazar belgilangan tartibda 15 yil xizmatidan keyin hisobdan chiqariladi.
Mashinalar, maxsus uskunalar kapital ta’mirgacha va hisobdan chiqargungacha ishlashi ularning dvigatellari harakatiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi, dvigatellar ishlashi hisobi bo‘yicha hisoblanadi.
Bu vaqtda dvigatelning 1 soat ishlashi tenglashtiriladi: avtomobillar uchun – 25 km yurish masofasiga, o‘t o‘chiruvchi mashinalar uchun – 50 km yurish masofasiga, zanjirli mashinalar, maxsus g‘ildirakli o‘assi va tyagachlar uchun – 15 km yurish masofasiga, traktorlar uchun: zanjirlilar uchun – 5 km yurish masofasiga, g‘ildiraklilar uchun – 10 yurish masofasiga.

3


Download 258 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling