«tasdiqlayman» O‘zbekiston milliy universiteti


Download 258 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi258 Kb.
#1030235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЭВАТ. Мавзу 2.2 латин

KIRISH QISMI – 5 daqiqa.
-guruh komandiridan bildiruv qabul qilib olaman.
-shaxsiy tarkib davomatini va mashg‘ulotga tayyorgarligi tekshiraman.
-oldin bo‘lib o‘tgan mavzudan savollar beraman.
-mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va o‘quv savollari e’lon qilaman.

2



ASOSIY QISM – 70 daqiqa.


1-o‘quv savoli. Mashinalarning pasporti (formulyari)ni
to‘ldirish tartibi – 30 daqiqa.
Har bir mashinaga, mashinaning tayyorlovchi zavod (ta’mirlash korhonalari) tomonidan, texnik tasnifi, kafolatlanishini tasdiqlovchi, uning ushbu harbiy qismga tegishliligini bildiruvchi, mashinaning texnik holatini yorituvchi va uni ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha ma’lumotlarini, avtomobil jihozlari bilan butlanganligini ko‘rsatuvchi asosiy hujjat –formulyar (pasport) beriladi.
Maxsus avtomobillar pasportdan tashqari unga o‘rnatilgan maxsus jihozlar uchun tayyorlovchi zavod (ta’minlovchi boshqarma) tomonidan formulyar (pasport) bilan ta’minlanadi.
Formulyar (pasport) harbiy qismning avtomobil xizmatida (shtabda) saqlanadi.
Formulyar (pasportlar) berish va yuritish tartibi O‘R MV avtomobil texnikasi boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
Agarda formulyar (pasport) yo‘qolishi (yaroqsiz holga kelishi) holatlari uchraydigan bo‘lsa xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi va aybdor shaxslar ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortiladi. Xizmat tekshiruvi materiallari, harbiy qism komandirining muhri bilan tasdiqlangan buyrug‘idan ko‘chirma, yo‘qolgan pasport (formulyar) uchun undirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya, texnik holat dalolatnomasi (F-12), alohida holatlarda harbiy prokuraturaning qarori yoki sud qarori avtomobil texnikalari boshqarmasiga pasport (formulyar) nusha yozish uchun jo‘natiladi.
Harbiy qism shtatini butlash uchun kelayotgan mashinalar harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan safga qo‘yiladi.
Buyruqda mashinalarni shtat bo‘yicha mo‘jallangan, markasi, turi, qaysi bo‘linma va qaysi foydalanish guruhiga biriktirilganligi, mashinaga berilgan harbiy raqam, shassi (korpus), dvigatel raqamlari va mashina biriktirilgan haydovchining familiyasi va ismi, sharifi ko‘rsatiladi.
Mashinani safga qo‘yish haqida buyruq raqami va haydovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mashinaning formulyariga (pasportiga) yoziladi.
Mashinani safga qo‘yish haqida buyruq bo‘lgunicha mashinadan foydalanish taqiqlanadi.
Mashina haydovchiga shaxsan harbiy qism yoki bo‘linma (vzvod komandiridan past bo‘lmagan) komandiri tomonidan bo‘linma safining oldida topshiriladi. Mashinani qabul qilgan haydovchi formulyariga (pasportiga) imzo qo‘yadi va shu vaqtdan boshlab mashinaning ehtiyotlashga, uning texnik sozligi va foydalanishga tayyorligi uchun to‘liq javobgarlik olib boradi.
Zarur bo‘lmagan hollarda bir mashinaning haydovchisiga ikkinchi mashinani biriktirish ta’qiqlanadi.
Harbiy qism ichida mashinalar bir bo‘linmadan ikkinchi bo‘linmaga harbiy qism komandirining buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi. Bunda, odatda mashina biriktirilgan haydovchi ham o‘tkaziladi. Mashina o‘tkazish texnik holat dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Mashinalar bir qo‘shilmadan (alohida qismdan) boshqasiga butlash rejasiga asosan (qayta taqsimlash) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi avtomobil texnikalari boshqarmasi boshlig‘ining naryadi bo‘yicha beriladi, maxsus mashinalar esa – qo‘shin turi yoki xizmati boshlig‘ining naryadiga asosan amalga oshiriladi.
Har qanday holatda mashinani topshirish texnik holat dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Nosoz va butlanmagan mashinalarni topshirish ta’qiqlanadi. Detallarni, yig‘ma birliklarni, agregatlarni, asboblarni almashtirib topshirishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Kamchiliklar va nosozliklarni joyida bartaraf qilib bo‘lmaydigan hollarda ular texnik holat dalolatnomasiga (muhr bilan tasdiqlangan xizmat tekshiruvi materiallari nusxasi, etkazilgan zararni qoplanganligi to‘g‘risidagi harbiy qism komandirining buyrug‘idan ko‘chirma, etkazilgan zararni qoplanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud qarori va boshqalar) ilova qilingan holda kiritiladi.
Yangi mashinalar, shuningdek, kapital yoki o‘rta ta’mirdan o‘tgan mashinalar quyidagi sinov muddati belgilanadi:

  • harbiy qismda - 3 oydan ziyod bo‘lmagan.

  • saqlash bazalarida, ularning keltirilgan vaqtidan boshlab - 6 oylik muddatga.

Sinov tartibi mashinani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak. Mashinani sinovdan o‘tkazish uchun tayinlangan haydovchi uning ekspluatatsiya qilish va sinovdan o‘tkazish qoidalarini bilishi kerak. Sinovdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar mashina formulyariga (pasportiga) kiritilishi kerak.
Harbiy qismlarda avtomobil texnikalardan foydalanish rejasi O‘R MV 2020 yil 11 fevraldagi 128-sonli buyrug‘i (avtomobil xizmati bo‘yicha Qo‘llanma)ga asoslanib tashkillashtiriladi va imkon boricha o‘rnatishga oid yillik belgilangan motoresurs ajratilgan yoqilg‘i moylash mahsulotlari kerakli miqdorini aniqlaydi.
Rejalashtirish mashinalarni foydalanish, boshqarish uslublaridan biri bo‘lib, hamma harbiy qismlarda kompleks tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olib ularni ishlab chiqarish, tashkillashtirib mashinalardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlab va ularga ajratilgan motoresur bilan qo‘shinlarni jangavor tayyorgarlikni, jangovor shaylikni va xujalik faoliyati ishlarini bajarishdan iborat.
Rejalashtirish harbiy qismlarni jangoaor shayligini oshirishini ta’minlab, jangavor tayyorgarlikni rejalarini bajarib va xujalik faoliyatida avtomobil texnikasidan foydalanishda, yoqilg‘i moylash mahsulotlaridan to‘g‘ri va tejamkor ishlatilishini ta’minlanishi kerak.

Download 258 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling