Tasdiqlayman qarshi innovatsion ta’lim universiteti rektori L. T. Raxmonov “ ”dekabr
Download 50.99 Kb.
|
Dasturlash asoslari fani SILLABUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- DASTURLASH ASOSLARI fanining o ‘ quv dasturi (SILLABUS)
- Akademik daraja Bakalavr Ta’lim yo
- DA1305 Semestr
- Kredit hajmi (1 kredit = 30 soat) ECTS: 5
- Ajratilgan akademik soat hajmi 150 soat
- Fan bo ‘ yicha talabaning bilimi, ko ‘ nikmasi va malakasiga qo ‘ yilgan talablar
- Fanga ajratilgan soatlar.
QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI
DASTURLASH ASOSLARI fanining o‘quv dasturi (SILLABUS) (Kunduzligi ta’lim shakli uchun) Bilim sohalari: 600000 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Ta’lim sohalari: 610000 - Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Ta’lim yo’nalishlari: 60610500 - Kompyuter injiniringi Qarshi-2022
Fanning maqsadi Fanni o’qitishdan maqsad – axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, uzatishning asosiy tamoyillarini C++ dasturlash tili orqali o’rganish. Shuningdek, zamonaviy axborot tizimlarini yaratish va ularni yaratish usul va texnologiyalarini o’rganish. Turli texnik bilimlarga oid masalalarni zamonaviy dasturlash tillari yordamida hal etish va ularning usullarini o’rganishdan iborat. Fanning vazifasi – “Dasturlash I va II” fanining mohiyati, uning asosiy tamoyillari, vazifalari talabalarni algoritmik bilimlarini rivojlantirishdir. Bunga erishishda zamonaviy dasturlash tili (C++) imkoniyatlaridan foydalaniladi. Fan bo‘yicha talabaning bilimi, ko‘nikmasi va malakasiga qo‘yilgan talablar Mazkur fanni o‘rganish davomida talaba: dasturlash tillarining qo’llanilish sohalarini; dastur tuzilishi va alifbosini; o’zgarmas va o’zgaruvchilar, ma’lumot tiplarini qo’llanilish usullarini; matematik va mantiqiy amallarning qo’llanilish usullarini; kiritish-chiqarish operatorlarini qo’llanilish usullarini; chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar uchun algoritm hamda dasturlar tuzishni; funksiya va kutubxonalarni yaratishni hamda ulardan foydalanishni; massivlar, belgilar va satrlar bilan ishlashni; ma’lumotlarning statik tuzilmasi va dinamik tuzilmasi bilan ishlashni; fayllar bilan ishlashni; sinf, ob’yektga mo’ljallangan dasturlash imkoniyatlarini turli xil sohalarga qo’llash usullarini o’rgatishdan iborat. Bundan tashqari, bo’lajak mutaxassislarda amaliy masalalarni va informasion modellashtirish ko’nikmalarini shakllantirish kabi masalalarni ham o’rganiladi. Zamonaviy dasturlash tillari dasturlashning maqsadi bu jamiyatning turli sohalari uchun axborot tizimlarini yaratish va ularga xizmatlarni ko’rsatish faoliyati uchun fundamental fan bo’lib, zamonaviy dasturlashning bazaviy tushunchalarini berishdan iborat. Shu boisdan “Dasturlash I va II” fani Respublikamizdagi dasturlashtirish, axborot tizimlarini yaratish faoliyati bo’yicha muhim rol o’ynaydi. Fanga ajratilgan soatlar. Fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmi 150 akademik soat bo`lib, shundan auditoriya mashg‘ulotlari 60 soatni, mustaqil ta’lim 90 soatni tashkil etadi. Auditoriya mashg‘ulotlarida jami 60 soat (ma’ruza, amaliy/seminar, laboratoriya) fan mavzulari o‘qitiladi va oraliq, yakuniy nazoratlar uchun 2 soatdan jami 4 soat vaqt ajratilgan. Download 50.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling