Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD
Javob: E’tirozingiz o‘rinli xatolik ketibdi, albatta buni bartaraf etaman. Rais
Download 177 Kb.
|
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.f.d., dotsent F.U.Karshiyev
- F.Q.Qurbonov
- Javob
Javob: E’tirozingiz o‘rinli xatolik ketibdi, albatta buni bartaraf etaman.
Rais: Izlanuvchiga yana savollar bormi? Boshqa savol yo‘qmi? Yetarlimi? Zalda ovozlar: Yetarli. Rais: Agarda boshqa savollar bo‘lmasa, dissertatsiya ishining rasmiy muhokamasiga o‘tamiz. Dastlab so‘zni taqrizchilarga berib, ularning dissertatsiya ishi bo‘yicha fikrlarini eshitsak. So‘z birinchi taqrizchi t.f.d. dotsent F.U.Karshiyevga. T.f.d., dotsent F.U.Karshiyev: Hurmatli Ilmiy seminar raisi, a’zolari va qatnashchilar. Men Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning dissertatsiya ishi va avtoreferatini ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha o‘z ijobiy taqrizimni yozma ravishda rasmiylashtirib, Ilmiy seminarga topshirganman. Ruxsat bersangiz taqrizimni o‘qib bersam. Shundan so‘ng t.f.d., dotsent F.U.Karshiyev o‘zining taqrizini o‘qib berdi va taqrizda dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi hamda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va ularni tuzatish bo‘yicha o‘z takliflari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi (Taqriz ilova qilinadi). Rais: Mana birinchi taqrizchini ish bo‘yicha ijobiy taqrizi eshitildi. Taqrizda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va uni tuzatish bo‘yicha takliflar ham bildirildi. Shu sababli ularga javob berish uchun so‘z tadqiqotchi F.Q.Qurbonovga beriladi. F.Q.Qurbonov: Avvalom bor, mening dissertatsiya ishimni va avtoreferatimni diqqat bilan o‘qib chiqib, tahlil qilib berganlari va takliflari uchun t.f.d., dotsent Karshiyev Faxriddin Umarovichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarga o‘z fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman: O‘zbekiston va dunyo miqyosida baliq yetishtirishda ularni oziqlantirishda qo‘llaniladigan texnologiya va texnika vositalarini tahlil qilish (5 - bet), lekin (16 - bet) 1.1-rasm. Dunyo miqyosida baliq va boshqa dengiz jonivorlarini tayyorlash dinamikasi va xuddi shunday (17 - bet) 1.2-rasm O‘zbekistonda baliq yetishtirish dinamikasi, ya’ni mundarijada O‘zbekistonda deb olingan, keyin Dunyo miqyosida deb olinganligi bo‘yicha: Javob: E’tirozingiz o‘rinli, bu kamchilik to‘g‘rilab bartaraf etildi. 1.1-§ “...... texnologiya va texnika vositalarini tahlil qilish va 1.2-§da “……usullar va texnika vositalarini tahlil qilish”. Negadir ikkala paragrafda texnologiya va texnika vositalari tahlil qilingan bir xil jumla, lekin 1.1-§ da texnika vositalarini tahlil qilish haqida hech qanday malumot keltirilmaganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 22-bet 1.3-rasmda Tasmali oziqlantirgich, rasmdagi pozitsiya nomlari bilan 21-betdagi 1.3-rasmga keltirilgan izohda boshqacha keltirilganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 23-betda 1.4-rasm. Baliqlarni oziqlantirish stolida 3 ta chizma keltirilgan, lekin pozitsiya va nomlari keltirilmaganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 30-betda 1.7-rasm SKR-1,5 ozuqa tarqatish mashinasi ikkita sxema keltirilgan, lekin ular belgilanmagan, nomlanmagan, shuningdek, ularning chizgan elementlari, yani pozitsiyasi yo‘qligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 29-betdagi matnda 1.12-rasm qayd etilgan, 30-betda 1.7-rasm qayd etilgan, ya’ni 26-betda 6-rasm qayd etilgan, shuningdek 31-betda 1.8-rasm qayd etilgan, shu betda ikkinchi marta takrorlanganligi tushunarsizligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 10-betda 4-xat boshi (muammoning o‘rganilganlik darajasi) tahrirga tushunarsiz. Xuddi shunday dissertatsiyaning 123-131 betlaridagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 10-betdagi 4-xat boshi bilan boshlanuvchi matndagi mualliflar ro‘yxatiga deyarli mos kelmasligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 32-betdagi 1,8-rasm elementlaridan pozitsiya qo‘yilmagan; rasmdagi 3-katamaranga izoh berilmagan. 10-haydovchi blok o‘rniga “kabina” desa bo‘ladi. Javob: Taklif qabul qilindi. kamchilik: 33-betda 4-xat boshida uchinchi marta 1,8-rasm qayd qilinishi, lekin 34-betda 1.9-rasm deb qayd qilingan, o‘zaro mos kelmaydi. 34-betdagi 1.9-rasmdagi tartib raqam birinchi xat boshidagi matndagi tartib raqamga mos kelmaydi. Masalan 1.9-rasmda mator matnda esa uning qopqog‘i va h.k. SHuningdek 1.9-rasmda mator so‘zi “dvigatel” so‘zi bilan, 8-namlikdan himoyalanuvchi g‘ilof o‘rniga himoya g‘ilofi deyilsa yaxshi bo‘lardi (maqsadga muvofiq bo‘ladi.). Javob: Taklif qabul qilindi. 17-betda 1-xat boshi bilan boshlanuvchi so‘zlar oxirida adabiyotlar ko‘rsatkichi o‘rniga [Prezident qarorlari] deyilgan bo‘lib, aniq foydalanilgan adabiyotlarga moslab keltirilmaganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 18-betdagi 5-xat boshida boshlangan so‘zlarda (1,1-rasm) shuningdek 19-betda ham (1.1-rasm) deb belgilangan. Biroq 17-betdagi 1.2-rasmdan keyin qayta boshidan raqamlangani tushunarsizligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 37-betdagi birinchi xatboshi bilan boshlanuvchi matnda (1.9-rasm) qayd qilingan, lekin uning izohi 38-betdagi 1.13-rasmga mos kelishi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 38-betdagi ikkinchi xat boshi bilan boshlanuvchi so‘zda “… butun tana uzunligi 0,87 ga teng bo‘lgan masofaga suzadi. 39-betdagi esa “demak qo‘shni mayatniklar orasidagi masofa baliq tanasining uzunligidan 0,87 dan oshmasligi kerak deyilgan, ya’ni 0,87 sonining manosi tushinarsiz” ligi bo‘yicha: Javob: Bu yerda mayatnikli baliqlarni oziqlantirish qurilmalarining mayatniklari orasidagi masofa 0,87 bo‘lishi baliqlar uzunligining 0,87 qismini tashkil etishi nazarda tutilgan. 1.1§ va 1.3§ 1-bob bo‘yicha xulosalarda 5 ta punktda dunyo miqyosidagi texnologiya va texnika vositalari qayd qilinmaganligi bo‘yicha: Javob: 1.1 va 1.3 punktlarda Rossiya, Ukrainadan tashqari Germaniya, Italiya, Xitoy, Vetnamda ishlab chiqilgan ozuqa tarqatkichlar keltirilib tahlil etilgan xulosalarda esa ular umumiy holatda izohlab o‘tilgan 2-bob 2 chi va 3- xatboshi bilan boshlanuvchi mualliflar ro‘yxati foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi 123-131 betdagilar mos kelmasligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. Dissertatsiyaning 54-betdagi 2.3-jadval esa 53-betdagi 3-xatboshi bilan boshlanuvchi so‘zlarda 2.5-jadval deb noto‘g‘ri qayd qilinganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 71-betda (3.8) va (3.9) formulalar raqami ikki martadan takrorlanganligi bo‘yicha: Javob: Bu yerda texnik xatolik bo‘lgan (3.8) va (3.9) ifodalardan keyingi ifodalar (3.10) va (3.11) bo‘lishi kerak. Chunki ulardan keying ifodalar raqami (3.12) va hakozo bo‘lib, to‘g‘ri turibti. 77-betdagi 4-xat boshidan boshlanuvchi so‘z boshida (3.8-rasm), 78-betda 3.8-rasm qayd qilingan, shuningdek 79-betda 3.8-rasm qayd qilingan. Raqamlanishlar noto‘g‘ri bo‘lgan. 81-betda ham uchinchi marta 3.8-rasm noto‘g‘ri qayd qilinganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. Nazariy tadqiqotlarda keltirilgan rasmlarning sifatini oshirish kerakligi bo‘yicha: Javob: Kamchilikni qabul qilaman. 78-betda 2-xat boshida ham 3.9-rasm qayd qilingan, 81-betda ham 4-xat boshida ham 3.9-rasm qayd qilinganligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 126-betdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidagi 38 - raqamlarni tahrirlash kerakligi bo‘yicha: Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 126-betdagi 47 raqamdagi adabiyotda Chipinova G.M., matnning 45-betda A.N.Chipinova deb qayd etilganligi bo‘yicha: Javob: Bu yerda G.M. Chipinova va A.N. Chpinovalar boshqa boshqa mualliflar bo‘lganligi sababli ular alohida - alohida keltirilgan. 129 - betda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi 74 - raqamidagi adabiyotni tahrirlash kerak. Javob: Kamchilik bartaraf etildi. 124-betdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidagi 13 - raqamdagi adabiyotni tahrirlash kerakligi bo‘yicha: Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling