Tasdiqlayman” Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori O. Sh. Bazarov “ ” 2023 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD


Javob: Kamchilik bartaraf etildi. Rais


Download 177 Kb.
bet11/17
Sana18.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1555385
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Илмий семинарга Қурбонов Ф баённома 5

Javob: Kamchilik bartaraf etildi.
Rais: Faxriddin Umarovich izlanuvchining javoblaridan qoniqdingizmi?
T.f.d., dotsent F.U.Karshiyev: Ha javoblari qoniqtirdi.
Rais: Birinchi taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklarga bergan javoblari bo‘yicha izlanuvchiga savollar bormi? Savollar bo‘lmasa so‘z ikkinchi taqrizchi t.f.f.d. (PhD) Jumatov Yakubbay Karimboyevichga beriladi.
T.f.f.d. (PhD) Ya. K. Jumatov: Hurmatli Ilmiy seminar raisi, a’zolari va qatnashchilar. Men Qurbonov Fazliddin Qulmamatovichning “Baliqlar uchun ozuqa tarqatadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishini ko‘rib chiqib, ish bo‘yicha o‘z ijobiy taqrizimni yozma ravishda rasmiylashtirib, Ilmiy seminarga topshirganman. Ruxsat bersangiz taqrizimni o‘qib bersam.
Shundan so‘ng t.f.f.d., (PhD) Ya.K. Jumatov o‘zining taqrizini o‘qib berdi va taqrizda dissertatsiya ishining ko‘rsatilgan ixtisoslikka mosligi, ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy ahamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, izlanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligi, va bajarilgan dissertatsiya ishiga “Baliq yemi tarqatuvchi” №FAP 02110-2022 y foydali modelga patent olinganligi dissertatsiya ishini boyitilganligi va belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligi hamda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va ularni tuzatish bo‘yicha o‘z takliflari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi (Taqriz ilova qilinadi).
Rais: Mana ikkinchi taqrizchini ish bo‘yicha ijobiy taqrizi eshitildi. Taqrizda dissertatsiya ishidagi kamchiliklar va uni tuzatish bo‘yicha takliflar ham bildirildi. Shu sababli ularga javob berish uchun so‘z tadqiqotchi F.Q.Qurbonovga beriladi.
F.Q.Qurbonov: Avvalom bor, mening dissertatsiyamni va avtoreferatimni diqqat bilan o‘qib chiqib, tahlil qilib berganlari va takliflari uchun t.f.f.d., (PhD) Ya. K. Jumatovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarga o‘z fikr-mulohazalarimni bildirmoqchiman:
1. 18-bet. 1.2-rasm sarlovhasidan boshlangan “ozuqa” so‘zi “oziqa” deb imlo xato bilan yozilganligi bo‘yicha:
Javob: Bu yerda e’tirozingiz o‘rinli, ammo mavjud adabiyotlarda ham so‘zning ishlatilishiga qarab bazi joylarda ozuqa yoki oziqa deb ko‘rsatilgan shuning uchun ham so‘zning kelishiga qarab ishlatilgan.
2. 25,28 - betlarda. 1,6-1,7 rasmlarda IKP-1.6, KRP-2 va rusumli porsiyali ozuqa tarqatgichlar rasmlari keltirilgan. Keltirilgan rasmlar tagiga 5 ta raqam bilan nomlari yozilgan, ammo rasmlarda shu pozitsiyalar raqamlar bilan ko‘rsatilmaganligi bo‘yicha:
Javob: Ha albatta bu yerda mavjud qurilma va mashinalarni o‘rganganimizda ko‘rsatkichlari ko‘rsatilmaganlari ham mavjud bularni bartaraf etaman.
3. 30,32 - betlardagi 1.8-1.9 rasmlarda ham shu kamchilik qaytarilganligi bo‘yicha:
Javob: To‘g‘ri e’tirozingiz o‘rinli va ko‘rsatilgan kamchilik bartaraf etildi.
4. 33,34 - betlardagi 1,6-1,7 jadvallarda o‘lchov birliklari xalqaro birliklar sistemasi (SI) bo‘yicha lotin alifbosida yozilishi kerakligi bo‘yicha:
Javob: E’tirozingiz o‘rinli kamchilik bartaraf etildi.
5. 35 - betdagi jadvallar raqamlanishi noto‘g‘ri raqamlangan 1.7 jadval bor, 1.9 jadval bilan raqamlangan, o‘rtada 1,8 jadval yo‘qligi bo‘yicha:
Javob: Bu yerda texnik xatolik ketib qolibdi, ushbu kamchilik ham tuzatildi.
6. 36, 38 - betlarda rasm tagida raqamlar bilan nomlari keltirilgan, ammo rasmlarda ko‘rsatilmaganligi bo‘yicha:
Javob: Bu yerda ham xorijda keng qo‘llanilayotgan mashinalarni o‘rganishda ko‘rsatkichlari rasmni o‘zida mavjud bo‘lmaganligi uhun qoldirilgan edi buni albatta inobatga olaman.
7. 37 - betdagi matnda 1.20 - rasm yozilgan, lekin 1.20 - rasmning o‘zi ko‘rsatilmaganligi bo‘yicha:
Javob: Bu yerda texnik xatoliklar va bu kamchilik bartaraf etildi.
8. 40 - betdagi 1.13-rasmda Shnekli va diskli ozuqa tarqatgich rasmi va sxemasi keltirilgan. Rasm tagida raqamlab ko‘rsatilgan 7 - ustun, 8 - ishga tushurish dispanseri rasmda qayerda ko‘rsatilganligi bo‘yicha:
Javob: Bu yerda texnologik sxemasidagi rasm biroz xiraroq bo‘lganligi uchun yaxshi ko‘rinmasdan qolipti ko‘rsatilgan kamchilik bartaraf etildi.
9. 44-betda “meyyorda” so‘zi bilan yozilgan, “me’yorda” so‘zi bilan yozilish kerakligi bo‘yicha:

Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling