Tasdiqlayman” “saxari“ mchj rahbari A. Ergashev
Download 65.5 Kb.
|
Eleta korxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN” «SAMARKAND XALQARO INOVATSIYALAR UNIVERSITETI» MCHJ direktori S.I.Muxiddinov _____________ 2023-yil “--” iyul
- «SAMARKAND XALQARO INOVATSIYALAR UNIVERSITETI» MCHJ (
Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha MEMORANDUM №______ Samarqand shahri 2023-yil “--” iyul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni, 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida «SAMARKAND XALQARO INOVATSIYALAR UNIVERSITETI» MCHJ ((keyingi oʻrinlarda Universitet) nomidan (bir tomondan) Universitet Ustavi asosida direktor Muxiddinov Sunnatullo Inoyatovich), “SAXARI” MCHJ((keyingi oʻrinlarda Korxona), ikkinchi tomondan MCHJ Ustavi asosida “SAXARI” MCHJ rahbari Ergashev Akbar) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha hamkorlik memorandumi tuzildi. Umumiy qoidalar Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish, kreativ fikrlovchi, zamonaviy texnologiyadan keng foydalana oluvchi, komil insonni tarbiyalash maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi: 1.1. Universitet va korxonaning oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish; 1.2. Korxonaning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish; 1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda korxonaning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish; 1.4. Hamkorlikda Korxonani istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish; 1.5. Korxonada zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash; 1.6. Korxonaning muammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish; 1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish; 1.8. Korxonada universitet talabalari amaliyotini tashkil etish hamda boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchilarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish; 1.9. Korxona asbob-uskunalaridan universitet talabalari foydalanishi uchun munosib sharoit yaratish; 1.10. Universitet oʻqituvchilarining korxonada amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib berish; 1.11. Korxonaning tegishli xodimlari tomonidan universitet bitiruvchilarini seleksiya qilish asosida ularni amaliyotga va ishga qabul qilish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish; 1.12. Hamkorlikda korxonani istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish; 1.13. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish; 1.14. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Universitet va Korxona orasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling