“tasdiqlayman” Sirdaryo tumani hokimi B. Mirzakulov


Download 40.83 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi40.83 Kb.
#1160214
Bog'liq
Bayonnoma


“TASDIQLAYMAN”
Sirdaryo tumani hokimi
_______ B.Mirzakulov
2023-yil “ ” yanvar


Sirdaryo tumani hokimligi boshqaruv apparatining yig‘ilish
BAYONI № 01/1-______


2023- yil “ ” yanvar Tuman hokimligi binosi
Raislik qildi: B.Mirzakulov - tuman hokimi


Qatnashdilar: Tuman hokimining o‘rinbosarlari, boshqaruv
apparat mas’ul xodimlari, tashkilot rahbarlari
(ro‘yxat bo‘yicha)


KUN TARTIBI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi rahbari huzurida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilish, taqdimot va uchrashuvlar reja-jadvali hamda Vazirlar Mahkamasida muhokama qilishni taklif etilayotgan masalalari to‘g‘risidagi 2023-yil 9-yanvardagi 02-14xdfu-xatini muhokamasi.


-------------------------------------------------------------------------------------------- (B.Mirzakulov, Sh.Xakimov, X.Fayzullayev, B.Norqulov, B.Berdiyev, M.Saliyev,
J.Gapparov, Sh.Yariye, L.Sabirdjanova, R.Xusanov va boshqalar)

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi B.Mirzakulov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 9-yanvardagi “Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi rahbari huzurida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilish, taqdimot va uchrashuvlar reja-jadvali hamda Vazirlar Mahkamasida muhokama qilishni taklif etilayotgan masalalari to‘g‘risida”gi 02-14xdfu-sonli xatini yig‘ilish qatnashchilariga to‘liq o‘qib eshittirdi.


Yig‘ilishda tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari R.Xusanov so‘zga chiqib ma’sul tashkilot va idoralar rahbarlaridan yig‘ilish materiallarini muhokama belgilangan sanadan bir hafta oldin tuman hokimligiga taqdim etishlarini takidlab o‘tdi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib tuman hokimi B.Mirzakulov tashkilot rahbarlari hamda yig‘ilish qatnashchilariga yig‘ilish materiallari tegishli masalaga oid 3-yillik statistik ma’lumotlar, amaliyotda mavjud muommolar va aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masalalar va ularning yechimlari, istiqbolda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, tashabbuslar hamda maqsadli indikatorlar, shunungdek, 2 ta hudud misolida, tarmoq va hududga oid masalalari bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilib, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib yig‘ilish qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 9-yanvardagi “Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi rahbari huzurida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilish, taqdimot va uchrashuvlar reja-jadvali hamda Vazirlar Mahkamasida muhokama qilishni taklif etilayotgan masalalari to‘g‘risida”gi 02-14xdfu-sonli xati ijro uchun qabul qilinsin.


2. Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari R.Xusanovga:
- ma’sul tashkilot va idoralar rahbarlaridan yig‘ilish materiallarini muhokama belgilangan sanadan bir hafta oldin topshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
3.Ushbu bayoniy qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining
1-o‘rinbosari Sh.Xakimov va tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari R.Xusanov zimmasiga yuklatilsin.


Bayonnoma tuzuvchi: A.Abduvaliyev
Download 40.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling