Tasdiqlayman” Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i M. Turdiboyev


Download 35.27 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi35.27 Kb.
#1684668
Bog'liq
АКТ протокол


TASDIQLAYMAN”


Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i


___________ M.Turdiboyev
_____” _________ 2023 yil


Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining umumiy yig‘ilish
BAYONI №________


Raislik qildi: M. Turdiboyev – Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i.
Qatnashdi: Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari,
B. Raxmatov, J. O‘ralov, boshqarma xodimlari.
Sh. Normatov – Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Taklif qilindi: U. Shoimov – Jizzax viloyat prokuraturasi, bo‘lim prokurori.
Barcha suv xo‘jaligi tizim tashkilotlarining raqamlashtirishga mas’ul xodimlari, JMMKFB bo‘lim boshliqlari (jami ro‘yxat bo‘yicha 18 nafar xodim)
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
1. O‘tgan yillarda o‘rnatilgan raqamli qurilmalarning suv xo‘jaligi vazirligi serveriga ma’lumot uzatishi monitoring qilish.
2. JMMKFB tasarrufidagi suv xo‘jaligi obyektlarida raqamlashtirish ishlarini tahlil qilish.
_______________________________________________________________________
Turdiboyev, Djo‘rayev,Raxmatov, O‘ralov, Begimqulov, Normatov,Ismoilov, Turdiboyev

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i M.Turdiboyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo’jaligi vazirligining 2022-yil 5-dekabrda joylarda muhokama qilinadigan masalalar va reja ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan haftalik grafikka asosan 2 ta masala muhokama qilinishini ta’kidladi.


Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo‘jaligi obyektlarida raqamlashtirish bo‘yicha joriy yilda irrigatsiya obyektlarida 362 dona “Aqlli suv”, meliorativ kuzatuv quduqlariga 174 dona “Dayver” qurilmalarini o‘rnatish belgilangan.
Bugungi kungacha tizim tashkilotlari tomonidan 343 dona “Aqlli suv” qurilmalari sotib olingan bo’lib, shundan 285 donasi suv xo’jaligi obyektlariga o’rnatilgan hamda vazirlik serveriga 138 donasi integratsiya qilingan.
Bugungi kungacha JMMKFB tomonidan 150 dona “Aqlli suv” qurilmalari sotib olingan bo’lib, shundan 150 donasi suv xo’jaligi obyektlariga o’rnatilgan hamda vazirlik serveriga 150 donasi integratsiya qilingan. Shulardan 56 donasi Jizzax viloyati hududida joylashgan. 56 ta qurilmaning bor-yo‘g‘i 16 donasi vazirlik serveriga ma’lumot uzluksiz yubormoqda, qolgan 40 donasida esa ma’lum sabablarga ko‘ra uzilishlar bilan ma’lumot uzatmoqda.
2023-yilda JMMKFB tasarrufidagi 4 dona suv xo’jaligini obyektlarini avtomatlashtirish PK-746+70 Sardoba gidrouzeli, PK-400+00 Turtom gidrouzeli, Markaziy chap tarmoq kanali PK-233, Markaziy o’ng tarmoq kanali PK-259 lar rejaga kiritilgan. Hozirda avtomatlashtirish shartnomalari tuzilgan bo‘lib, loyihalashtirish ishlari davom etmoqda. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni inobatga olib yig’ilish
QAROR QILADI:
1. Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i 1-o‘rinbosari O.Begimqulov, Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining raqamlashtirishga mas’ul xodimi O.Ismoilovga:
5 kun muddatda JMMKFB obektlariga o‘rnatilgan “Аqlli suv” qurilmalarini texnik holatini ko‘rish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish topshirilsin va avtomatlashtirish ishlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin.
2. 3 kun muddatda Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasining raqamlashtirishga mas’ul xodimi O.Ismoilov vazirlik serveriga ma’lumot uzatishda uzilishlar keltirib chiqarayotgan 46 ta qurilmalarni ishchi holatga qaytarish choralarini ko‘rsin.
3. Qurilmalarga servis xizmat ko‘rsatish xarajatlarini hisob-kitob qilish boshqarma bosh hisobchisi B.Xudoyorov zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur yig‘ilish qarorining ijrosini nazorat qilish boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O.Begimqulov zimmasiga yuklatilsin.

Bayonnoma tuzuvchi: Sh.Normatov
Download 35.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling